"Milan" vengriyalik futbolchining tovon pulini to'lamoqchi
11 noy 2020 22:36
Yangiliklar
"Milan" vengriyalik futbolchining tovon pulini to'lamoqchi
Italiyaning "Milan" klubi "Red Bull Zalcburg" yarim himoyachisi Dominik Soboslaining xizmatlariga qiziqib qolgan.
"La Gazzetta dello Sport" xabariga ko'ra, "rossonerilar" rahbariyati 20 yoshli futbolchining shartnomasida ko'rsatilgan tovon puli (25 million evro)ni to'lashga tayyor. Soboslai 2021 yilning iyunida Milanga ko'chib o'tishi kutilmoqda.
Oldinroq unga "Arsenal" davogarlik qilayotgani haqida xabar bergan edik. "To'pchilar" Vengriya terma jamoasi azosiga 2025 yilga qadar mo'ljallangan shartnoma taklif qilmoqchi.
Fikrlar