"Milan" va "Roma" kelasi yozda Azmun bilan tekinga shartnoma imzolashmoqchi
09 sen 2021 10:38
Yangiliklar
"Milan" va "Roma" kelasi yozda Azmun bilan tekinga shartnoma imzolashmoqchi
"Zenit" hujumchisi Serdar Azmunga "Milan" va "Roma" qiziqmoqda.
Italiya klublari "Zenit"dan kelasi yozda erkin agent maqomida ketadigan 26 yoshli forvard bilan shartnoma imzolashga qiziqish bildirishmoqda.
Qayd etish kerakki, eronlik futbolchi o'z kuchini kuchliroq chempionatda sinab ko'rmoqchi va Rossiya chempionatini tark etmoqchi.
Futbolchi joriy mavsum RPL doirasidagi 6ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol urishga erishdi.
Fikrlar