"Milan" va "Barselona" "Xoffenxaym" himoyachisiga qiziqmoqda
26 noy 2020 18:00
Yangiliklar


"Milan" va "Barselona" "Xoffenxaym" himoyachisiga qiziqmoqda
"Xoffenxaym" himoyachisi Melayro Bogard faoliyatini Evropaning top-klublaridan birida davom ettirishi mumkin.
18 yoshli niderlandiyalik futbolchiga "Barselona" va "Milan" klublari qiziqmoqda. Ikki klub ham Bogardning transferi bo'yicha muzokaralarni boshladi.
Qayd etish kerakki, himoyachining "Xoffenxaym" bilan tuzgan shartnomasi joriy mavsum so'nggiga qadar mo'ljallangan - bu ham ushbu istedodli o'yinchiga ko'plab klublarning qiziqayotgani sabablaridan biridir.
Bogard joriy mavsum "Xoffenxaym"ning asosiy jamoasida 2ta o'yinda maydonga tushdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar