“Milan” ustozining oltin medali stadionda o'g'irlandi. U g'oliblikni marhum otasiga bag'ishlagandi
23 may 2022 09:00
Yangiliklar
“Milan” ustozining oltin medali stadionda o'g'irlandi. U g'oliblikni marhum otasiga bag'ishlagandi
A Seriya 38-turida “Milan” safarda “Sassuolo”ni yirik (3:0) hisobda engib, 11 yillik tanaffusdan so'ng mamlakat chempionligini qo'lga kiritdi.
“Rossonerilar” o'z tarixida 19-marotaba Skudetto sohibiga aylandi. “Milan” ustozi Stefano Pioli chempionlikni 2019 yil klub boshqaruviga kelishidan oldin vafot etgan otasiga bag'ishlaganini aytdi.
Biroq, Piolining oltin medalini stadionda o'g'irlab ketishdi.
“Oltin medalimni o'g'irlab ketishdi, kimdir uni bo'ynimdan tortib oldi. Murojaatim unga tasir qilsa, xursand bo'lardim. Bu faoliyatimdagi yagona qadrli medaldir”, degan.
Fikrlar