So’nggi yangiliklar

10:52Месси? Аргентинанинг Уругвай ва Бразилияга қарши кенгайтирилган таркиби эълон қилинди  1 10:20Клаудио Раньерининг танқиди «қиммат»га тушди  0 10:05Футбол олами. Суперлига-2025'га ким қандай тайёрланди?  2 09:53«Реал»нинг «Атлетико»га қарши баҳс учун қайдномаси эълон қилинди  14 09:25"Қизилқум"нинг 2025 йилги мавсум учун қайдномаси эълон қилинди   3 08:52Opta ЕЧЛ ғолиблигига даъвогарлар рейтингини янгилади  14 08:23Sofascore. Кечаги учрашувда Жалолиддин Машариповнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  6 07:54"Бухоро"нинг 2025 йилги мавсум учун қайдномаси эълон қилинди  3 07:27Элит ОЧЛ. Бугун «Пахтакор» «Ал Ҳилол»ни меҳмон қилади  9 04:32"Жар"да қорбўрон ўйнаган "Ал Ҳилол" машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  6 04:28ОФК ЭЧЛ. "Ал Васл" ғалабани қўлдан чиқарди  0 04:15А Серия. "Ювентус" ғалаба қозониб, кучли тўртликка қайтди  3 01:11"Ал Ҳилол" устози: "Биз ушбу мусобақанинг финал баҳсида ўйнашни мақсад қилганмиз"  5 23:40Пицца тайёрловчи компания МЮ устидан кулди  10 23:11Озарбайжон. Абдихолиқов тўлиқ ўйнади, Жалолиддинов захирадан баҳсга қўшилди  2

"Milan" to'xtamayapti: A Seriya 9-tur yakunlari haqida Yangiliklar

"Milan" to'xtamayapti: A Seriya 9-tur yakunlari haqida

Italiya chempionatida navbatdagi tur uchrashuvlari ortda qoldi.

"Yuventus" yana ochko yo'qotdi 

ECHLdagi muvaffaqiyatdan keyin Andrea Pirlo asosiy futbolchisi bo'lmish Krishtianu Ronalduga dam olish imkonini berdi, "Benevento"ga hurmatni saqlagan holda aytamizki, ushbu jamoa "keksa sinora"ga qog'ozda oson raqib edi. Lekin amalda unday bo'lib chiqmadi. O'yin ancha sekin tempda boshlandi, lekin birinchi qulay imkoniyatdanoq Andrea shogirdlari unumli foydalana olishdi. Morata Kezadan to'pni qabul qilib oldi va jarima maydonchasiga kirib kelib, zarba yo'lladi. Oxirgi paytlarda ispaniyalikning bir nechta goli bekor qilindi, lekin bu safar bunga "etarli bahona" yo'q edi. Ko'p o'tmay Morata assistent rolida gavdalandi, lekin Dibalaning zarbasidan keyin to'p darvoza ustuni yonginasidan o'tib ketdi. "Benevento" sekin-asta o'ziga kela boshladi, "Yuventus" himoyasi bazi vaziyatlarda pand bera boshladi. Ayniqsa Skyannatining zarbasi xavfli ko'rinish hosil qildi, SHensni katta qiyinchilik bilan bo'lsada, to'pni qaytardi. Biroq Leticiyaning o'tkir burchakdan yo'llagan zarbasi oldida polshalik darvozabon ojiz qoldi. 

Ikkinchi bo'lim kutilmaganda "Benevento" hujumlari bilan boshlandi, Ionice yaxshi zarba bera oldi, lekin biroz aniqlik etishmadi. Vaqt o'tishi bilan "Yuventus" ustunlikni qaytara boshladi, Bernardeski ayniqsa faol edi. Mehmonlarning deyarli barcha hujumi u orqali tashkil etilardi. Lekin bazida himoyachilar, bazida esa, Dibalaning imkoniyati kabi, ishga darvozabon aralashardi. Tinimsiz urinishlar, turli usullar ham naf keltirmadi. Natijada o'yin oxirida hakam bilan tortishavergani uchun Morata qizil kartochka olib, maydondan chetlatildi. "Yuventus" yana ochko yo'qotdi va murabbiyga savollar yana jaranglay boshladi, "Benevento"ga esa faqat qoyil qolsa arziydi. 

"Inter" bu mavsum hali mag'lub bo'lmagan jamoani engdi

"Real" bilan o'yindagi omadsizlikdan keyin "Inter" va bosh murabbiy Konte manziliga anchagina "shirin" so'zlar yangradi, shu sababli yaxshi sport formasidagi"Sassuolo"ga qarshi bellashuv vaziyatni o'zgartirish uchun u qadar qulay imkoniyat emasdek edi. O'yin butkul boshqa scenariy ostida o'tishi mumkin edi, lekin "Inter" 4-daqiqadayoq hisobni ochdi. Sanches Lautaroni olg'a boshladi, argentinalik kurashda faollik ko'rsatdi va to'pni chililikka qaytardi va Aleksis yaqin masofadan adashmadi. Oradan malum vaqt o'tib, Lautaro to'pni Konsilyaning ustidan tashlab qo'ymoqchi bo'ldi, lekin to'p darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi. "Inter" "neroverdi"ga butkul imkon qoldirmadi, keyin o'z ustunligini mustahkamladi. Burchak zarbasidan keyin to'p Vidalga kelib tushdi va Arturo bor kuchi bilan zarba yo'lladi, to'p Kirikeshning oyog'iga tegib, darvoza to'ridan joy oldi. "Sassuolo" taym so'nggida bir-ikkita vaziyat yaratdi, lekin Xandanovich jiddiy tarzda o'yinga qo'shilishiga hojat bo'lmadi. 

"Inter" tanaffusdan keyin ham faollikni susaytirmadi, Darmian yaxshi uzatmani amalga oshirdi, lekin Lautaroning zarbasiga aniqlik etishmadi. Argentinalik ancha faol edi va ancha ter to'kdi, lekin shu kecha unga gol urish nasib qilmagan ekan. Biroq golni Galyardini urishga muvaffaq bo'ldi, Darmian o'z hisobiga golli uzatma yozdirib qo'ydi. SHundan so'ng "Inter" g'alaba qozonishiga shubha qolmadi, chunki Roberto gol urgan uchrashuvlarda "neradzurri" faqat g'alaba qozongan. O'yin oxirida "Inter" ochiqchasiga kuchini ayab, hisobdan kelib chiqib harakat qildi, "Sassuolo" esa taqdirga tan berib, ruhan keyingi o'yinga tayyorlanardi. 

"Napoli" "Roma"ni er tishlatdi   

Bu uchrashuv "Napoli" uchun o'ta muhim edi va u Diego Armando Maradona nomiga bag'ishlandi. Mezbonlar o'zlarining Argentina terma jamoasi formasini eslatib turadigan 3-liboslarida maydonga tushishdi. Uchrashuvda hisobni "Napoli" sardori Lorenco Insine jarima zarbasidan ochgani esa o'yinga yanada majoziylik bergandek bo'ldi. Bundan keyin u Maradona familiyasi tushirilgan 10-raqamli futbolkani ko'rsatib, ko'z yoshini ortiq ushlab tura olmay qoldi. Darvoqe, ushbu raqam Diego hali hayotligida uning sharafiga muomaladan chiqarilgandi. Tanaffusga qadar "Napoli" yana gol urishi mumkin edi, lekin Mirante Lozanoning zarbasidan keyin to'pni qaytara oldi. "Roma" uchun esa dastlabki bo'lim u qadar omadli o'tmadi. 

Tanaffusdan keyin vaziyat undanda yomonlashdi, "Napoli" futbolchilari o'zini juda erkin his qilar va ketma-ket raqib darvozasi oldida vaziyat yaratardi. Insine maydon markaziga etmagan bir nuqtada to'pni qabul qilib, katta tezlikda oldinga intildi va Fabian Ruisni ko'rdi, ispaniyalik futbolchi olis masofada bo'lishiga qaramay, uncha kuchli bo'lmagan, ammo aniq zarbasi bilan "Napoli" ustunligini mustahkamladi. Ko'p o'tmay Elmas uzoqdan zarba berdi, u qadar qiyin vaziyat bo'lmasada, Mirante to'pni ushlab qola bilmadi va Mertnes uni kechirmadi. SHunda ham mezbonlar to'xtay demasdi. Matteo Politano 3 nafar raqibini dog'da qoldirdi, Miranteni ham aldab o'tdi va to'pni bo'sh qolgan darvozaga yo'lladi. "Roma" shu kecha o'ziga o'xshamadi, "Napoli" esa mavsumdagi eng yaxshi uchrashuvini o'tkazdi desak adashmaymiz.  

Ibrasiz qolgan "Milan" "Fiorentina"ni engdi   

Stefano Pioli hamon karantinda, "Milan"ni o'yinga Bonera boshlab tushdi. Zlatan Ibragimovichsiz "rossoneri" o'yini boshqacharoq edi, lekin shunday bo'lsada, ular etakchilikni berib qo'yish niyatida emasliklarini ilk daqiqalardanoq ko'rsatib qo'yishdi. Burchak zarbasi, Kessie to'pni sardor Romanoliga etkazdi va himoyachi hisobni ochdi. Ko'p o'tmay "fialkalar" muvozanatni tiklashlari mumkin edi, biroq Vlaxovichning zarbasidan keyin to'p ustun va to'sin kesishgan joyga tegib qaytdi. "Milan" bunga ajoyib hujum bilan javob berdi, Kastilexo zarba yo'llash uchun qulay vaziyatga chiqarib yuborildi, lekin raqib tomonidan yiqitildi. Kessie nuqtaga yaqinlashdi va penaltidan unumli foydalandi. Yarim himoyachidan golli uzatmadan keyin gol. Bo'lim oxirida "rossoneri" yana bir bor o'n bir metrlik jarima zarbasini amalga oshirish imkoniyatiga ega bo'ldi, lekin bu safar Drognovski Kessiedan ustun keldi. 

"Milan" ikkinchi bo'lim avvalida ham gol urishi mumkin edi, CHalxanoglu zarbasidan keyin to'p to'g'ri borib darvoza ustuniga tegdi. Tan olish lozim Zlatansiz ham "qizil-qoralar" hujumda yaxshi harakat qilishdi, "Fiorentina" esa hujumdagi o'yini bilan maqtana olmaydi. Riberi bir marta qulay imkoniyatga ega bo'lgandi, lekin tajribali futbolchi to'pni Donnarummaning ustidan tashlab qo'ya olmadi. "Milan" esa g'alabani saqlab qoldi va navbatdagi uch ochkoga ega bo'ldi. Natijada klub bir nechta rekordlarni yangilab ham qo'ydi. Jamoa qatorasiga 29-o'yinda gol urdi va A Seriya doirasida ketma-ket 21-uchrashuvida ham mag'lub bo'lmadi. "Milan" "skudetto" uchun kurashga jiddiy kirishgan ko'rinadi, Prandelli esa jamoasi bilan hali ko'p mehnat qilishiga to'g'ri keladi. 

SHomurodov A Seriyadagi ilk golini urdi

Kubok bellashuvida Eldor SHomurodov hisobiga golli uzatmani yozdirib qo'ygandi. Bu safar u chempionat bahsini asosiy tarkibda boshladi. Biroq o'yin "Parma" hujumlari bilan start oldi, Kucka vaziyatlarning birida Jervinyuni qulay vaziyatga chiqardi, ivuarlik futbolchi esa to'pni o'ziga o'nglab olib, darvozabonni dog'da qoldirdi. Oradan 5-6 daqiqa o'tib, SHomurodov qulay imkoniyatga ega bo'ldi. Eldor kutilmagan harakati bilan bir raqibini aldab o'tdi va jarima maydoniga yorib kirdi, zarba yo'lladi, lekin kiper to'p darvoza to'riga borib tushishiga yo'l qo'ymadi. Undanda qulayroq imkoniyat italiyalik Skamakkada bo'ldi, lekin chap qanotdan uzatilgan to'pga hujumchining bergan zarbasidan keyin to'p darvozadan yuqorilab o'tib ketdi. Javob hujumida Jervinyu ustunni nishonga oldi. Vaziyatlar etarli edi, shu sabab muxlislar gol bo'lishiga ishonardi.  

Ikkinchi bo'lim startida yana mehmonlar gol urib oldi. Himoyachilarning ishonchsiz harakatidan keyin to'p Jervinyuga borib tushdi va u sovuqqonlik bilan oradagi farqni ikkitaga oshirdi. Bu "Parma" futbolchisi uchun A Seriyadagi ikkinchi dubl va 4-goli edi. "Grifonlar" yo'qotadigan narsa qolmagani sezgach, keskinroq o'ynay boshlashdi. Ko'p o'tmay, SHomurodov jarima maydoni ichida to'pni qabul qilib oldi, chaqqonlik bilan darvoza tomon aylangan hamyurtimiz, ajoyib zarba bilan to'pni darvozaga joylab qo'ydi. A Seriyadagi debyut gol bilan SHomurodovni yana bir bor tabriklab qolamiz. Afsus, bu gol "Jenoa"ga ochko uchun etarli bo'lmadi. Liverani zarur o'zgartirishlarni amalga oshirdi va "Parma" o'yin tempini tushirib, g'alabani saqlab qola bildi. "Jenoa" hozircha pasdan ikkinchi va bu borada jiddiy o'ylash vaqti etgandek. 


SHuningdek: 

"Lacio" kutilmaganda "Udineze"ga mag'lub bo'ldi
"Verona" "Atalanta"ni yutib qo'ydi
"Torino" "Sampdoriya" bilan o'yinda g'alabani qo'ldan boy berdi

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика