"Milan" Tomoriga yangi besh yillik shartnoma taklif qiladi
29 iyu 2022 13:24
Yangiliklar
"Milan" Tomoriga yangi besh yillik shartnoma taklif qiladi
"Milan" himochi Fikayo Tomori bilan yangi shartnoma imzolamoqchi.
Jurnalist Janluka Di Marcioning xabariga ko'ra, 24 yoshli o'yinchiga 2027 yilga qadar shartnoma taklif qilinadi.
"Milan" rahbariyati muzokaralar yaqin haftalarda yakunlanishini kutmoqda.
Italiya klubi Tomorini "CHelsi"dan 2021 yilning yanvaridan ijaraga olgan va iyun oyida angliyalikni xarid qilgan edi.
Tomori o'tgan mavsum klub safida 40ta o'yinda 1ta gol urishga erishdi. Uning amaldagi bitimi 2025 yilning iyun oyi so'nggiga qadar mo'ljallangan.
Fikrlar