"Milan" Tomoriga yangi besh yillik shartnoma taklif qiladi

Alisher
29 iyul 2022, 13:24
"Milan" himochi Fikayo Tomori bilan yangi shartnoma imzolamoqchi.

Jurnalist Janluka Di Marcioning xabariga ko'ra, 24 yoshli o'yinchiga 2027 yilga qadar shartnoma taklif qilinadi.

"Milan" rahbariyati muzokaralar yaqin haftalarda yakunlanishini kutmoqda.

Italiya klubi Tomorini "Chelsi"dan 2021 yilning yanvaridan ijaraga olgan va iyun oyida angliyalikni xarid qilgan edi.

Tomori o'tgan mavsum klub safida 40ta o'yinda 1ta gol urishga erishdi. Uning amaldagi bitimi 2025 yilning iyun oyi so'nggiga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: gianlucadimarzio.com