"Milan" so'nggi 28 yildagi eng yaxshi seriyasini qayd etdi
02 avg 2020 11:29
Yangiliklar
"Milan" so'nggi 28 yildagi eng yaxshi seriyasini qayd etdi
A Seriyaning 38-turida "Milan" o'z maydonida "Kalyari"ni 3:0 hisobida mag'lub etdi.
So'nggi turdagi g'alaba jamoaga ketma-ket 12 o'yinlik mag'lubiyatsiz seriyani taqdim qildi. "Opta"ning yozishicha bunday holat 1991/92 yilgi mavsumda Fabio Kapello boshqaruvidagi "Milan" bilan ro'y bergan ekan.
Ushbu seriya restartdan keyin boshlandi va "Milan" 9 g'alaba hamda 3 durang qayd etdi.
"Milan" 2019/20 yilgi mavsumni 66 ochko bilan 6-o'rinda yakunladi.
Fikrlar