"Milan" short-listidagi murabbiylar nomi ma'lum bo'ldi

Mirjalol Normatov
25 apr 2019, 22:29
Ushbu mavsum yakunlanganidan keyin "Milan"da bosh murabbiy o'zgarishi mumkin.

"Football Italia" xabariga ko'ra, klub Jennaro Gattuzoning iste'fosini ko'zlamoqda. Ular ayni damda 4 murabbiyning xizmatlariga qiziqish bildirmmoqda.

"Rossoneri"larni boshqarish uchun hozirda Antonio Konte, Mauricio Sarri, Jan Pero Gasperini ("Atalanta") va Rudi Garsiya ("Marsel") kabi mutaxassislarning ishlari ko'rib chiqilmoqda.

"Milan" ayni damda A Seriyada 56 ochko to'plagan holda 4-o'rinda ketmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Italia