"Milan" Rami borasida "Valensiya" bilan kelishib oldi
07 iyu 2014 20:58
Yangiliklar
"Milan" Rami borasida "Valensiya" bilan kelishib oldi
Yanvar oyidan beri "Milan"da ijara asosida to'p surayotgan "Valensiya" futbolchisi Adil Rami faoliyatini milanliklar safida davom ettiradigan bo'ldi.
Tomonlar 28 yoshli franciyalik futbolchi borasida 4 million evrolik kelishuvga erishdilar.
Avvalroq, milanliklar futbolchini 7 million evroga sotib olish taklifiga rad javobini bergan edilar. Ko'rinib turibdiki, ispaniyaliklar bilan savdo o'z samarasini berdi.
Fikrlar