“Milan” qo'shimcha daqiqadagi gol evaziga “Barselona”ni engdi
05 avg 2018 08:06
Yangiliklar
“Milan” qo'shimcha daqiqadagi gol evaziga “Barselona”ni engdi
AQSHning Santa-Klara shahridagi “Levayz” stadionida bo'lib o'tgan o'yinda “rossonerlar” kiritilgan yagona gol evaziga zafar quchishdi. Uchrashuvning asosiy vaqtiga qo'shib berilgan uchinchi daqiqada portugaliyalik hujumchi Andre Silva “Barselona” darvozasini ishg'ol qildi.
SHu tariqa, “Milan” turnirdagi ilk g'alabasini qo'lga kiritdi. Italiya klubi 3ta o'yinda 4 ochko to'pladi. “Barselona” esa g'alaba qozonishning uddasidan chiqa olmayapti. Birinchi turda kataloniyaliklar “Tottenxem”ni penaltilar seriyasida mag'lub etishgandi. Lekin turnir reglamentiga ko'ra bunday g'alabaga bir ochko beriladi.
Milan Italiya – Barselona Ispaniya 1:0 (0:0, 1:0)
5 avgust, 05.05. “Levi's Stadium”
Gol: 1:0 – 90 Andre Silva.
Milan – Donnarumma, Romanoli, Rodriges (Antonelli, 61), Kalabriya (Abate, 61), Musakko (Sapata, 79), Lokatelli (Mauri, 61), CHalxanoglu, Borini (Xalilovich, 62), Kessie, Suso (Bonaventura, 79), Kutrone (Andre Silva, 61).
Barselona – Sillessen (ter Stegen, 46), Langle, Marlon (Mingesa, 77), Miranda, Serji Roberto, Artur, Rafinya (Abel Ruis, 77), Malkom, Nelson Semedu, Munir, Pako Alkaser (Puch, 46).
Ogohlantirishlar: Langle (49), CHalxanoglu (57), Kessie (66), Mauri (72).
Fikrlar