"Milan" o'z etakchisini 100 mln evroga baholadi
15 dek 2022 10:41
Yangiliklar
"Milan" o'z etakchisini 100 mln evroga baholadi
"Rossoneri" portugaliyalik uchun mo'maygina pul olishni rejalashtirmoqda.
"Milan" vingeri Rafael Leauga Evropaning bir qancha grandlari qiziqish bildirmoqda. Milan klubi o'z etakchisini 100 million evroga baholadi, deb xabar bermoqda "Manchester Evening News".
Leauning "Milan" bilan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Uni ko'plab Evropa klublari qo'lga kiritishga intilmoqda, jumladan, "CHelsi" va "Manchester Yunayted".
23 yoshli vinger joriy mavsum milanliklar safida barcha turnirlarda 20 ta o'yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar