"Milan" "Napoli"ga qarshi o'yin oldidan franciyalik futbolchisini yo'qotdi
28 mar 2023 13:00
Yangiliklar
"Milan" "Napoli"ga qarshi o'yin oldidan franciyalik futbolchisini yo'qotdi
Futbolchi keyingi o'yinda "rossoneri"ga ko'maklasholmaydi.
"Milan" himoyachisi Per Kalulu Franciya yoshlar terma jamoasi safida to'pig'idan jarohat oldi. Bu haqda "L'Equipe" nashri xabar bermoqda.
Futbolchi bir haftadan so'ng yangi tekshiruvdan o'tadi. Demak, u 2 aprel kuni "rossoneri"ning "Napoli"ga qarshi o'yinini o'tkazib yuboradi.
22 yoshli markaziy himoyachi joriy mavsum barcha turnirlarda jami 37 ta o'yin o'tkazib, 1 ta gol urgan.
Fikrlar