So’nggi yangiliklar

20:13"Брест" — ПСЖ. Кварацхелия, Дембеле ва Барколя асосий таркибда  0 19:57Назорат ўйини. "Нефтчи" Қозоғистон клубини таслим қилди  1 19:48Баҳодир Мирзаев: "Қуръадан кўнглимиз тўлди, буёғига амалда кўрсатиш қолди"   2 19:35АПЛ. "Ноттингем Форест" жавобсиз 7та гол урди  9 19:30Иван Бошкович: "Бизга энг қийин рақиб рўбарў келди"   3 19:25Тўртта баҳс учун таркиблар маълум бўлди  0 18:58Рэшфорднинг ижараси деярли ҳал. Маошни "Астон Вилла" тўлайди  0 18:32Суперлиганинг биринчи давра тақвими маълум бўлди  17 17:30Суперлига қуръаси олдидан. Мутахассис фикри: "Футболи ривожланган мамлакатлар қуръа ташлашда бошқа тизимлардан ҳам фойдаланмоқда"   1 17:21Дилшод Комиловнинг кейинги клуби номи маълум  1 17:12МЮ "Арсенал" ҳимоячисини ўз сафига қўшиб олди  2 16:10Суперлига. Биринчи турда энг кўп тўқнаш келган икки жуфтлик, ҳар иккисида "Сўғдиёна" иштирок этган   8 15:54Рэшфорд АПЛ клубига ўтяпти  8 15:29Назорат ўйини. "Навбаҳор" Хорватия клубига мағлуб бўлди  14 15:00"Ал Насср" Криштиану Роналдунинг атрофида топ футболчилар бўлишини истамоқда   47

Milan Mitrovich va Xurshid Muxtorov 2 ta o'yinga chetlashtirildi, vodiy klublari jarimaga tortildi Yangiliklar

Milan Mitrovich va Xurshid Muxtorov 2 ta o'yinga chetlashtirildi, vodiy klublari jarimaga tortildi

O'zbekiston futbol associaciyasi Tartib-intizom qo'mitasining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Unda so'nggi turlar doirasida bo'lib o'tgan uchrashuvlardagi intizomiy ishlar ko'rib chiqildi.

Superliga

"Neftchi" – "So'g'diyona" 

O'zbekiston Superligasining 16-turi doirasidagi "Neftchi" – "So'g'diyona" uchrashuvida "So'g'diyona" vakili Milan Mitrovich maydon atrofida ishlayotgan to'p olib beruvchi bolalarga nisbatan futbolchilarga xos bo'lmagan qo'pol va tajovuzkor xatti-harakat sodir qilgan. Darvozabonning bu xatti-harakati oqibatida stadionda tartibsizliklar yuzaga kelgan va bir qator futbol ishqibozlari texnik zona chegaralarini kesib o'tib, maydonga tushishga, ommaviy janjal keltirib chiqarishga harakat qilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Milan Mitrovichga ("So'g'diyona") nisbatan 2 ta o'yinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi qo'llanildi.

SHuningdek, uchrashuv yakunlangandan so'ng "Neftchi" futbol klubi muxlislari tribunadan maydonga yugurib chiqqanligi, uchrashuv vaqtida va uchrashuv yakunlangandan so'ng maydon hamda futbolchilar tomonga turli buyumlar uloqtirilganligi, ommaviy tartibsizliklar keltirib chiqarilgani sabab "Neftchi" futbol klubiga nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.

Mazkur holat takrorlangan taqdirda "Neftchi" futbol klubining uy uchrashuvlarini muxlislarsiz o'tishi to'g'risida ogohlantirildi.


"Andijon" – "Surxon"

Superliganing 15-turi doirasidagi "Andijon" – "Surxon" uchrashuvi yakunlanganidan so'ng "Andijon" klubi uy uchrashuvlari o'tkaziladigan stadion matbuot anjumani zalida ayrim shaxslar ovqatlanishi tashkil etilib, spirtli ichimliklar ichilgani, tartibsizliklar vujudga keltirilgani qayd etilgan. Bu – "Superliga va Pro liga reglamenti"ning 15.4-bandida futbol klubi o'z tomoshabinlari (jamoa muxlislari), shuningdek, klub nomidan biror-bir uchrashuvda muayyan vazifani bajarayotgan har qanday shaxs xulqi uchun javobgar ekanligi, shuningdek "O'zPFL tomonidan o'tkaziladigan tadbirlar va musobaqalarda ishlovchi OAV vakillari uchun media yo'riqnoma"ning 2.9-bandida media tribuna, matbuot anjumanlari zali va media markazga rasmiy tadbirlar vaqtida OAV xodimlaridan tashqari boshqa shaxslar kiritilishi taqiqlanishi to'g'risidagi qoidalarga zid hisoblanadi.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, "Andijon" futbol klubiga nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi. Mazkur holat takrorlangan taqdirda "Andijon" klubining uy uchrashuvlari muxlislarsiz o'tishi to'g'risida ogohlantirildi.


"Metallurg" – "Navbahor lochinlari"

Superliganing 15-turi doirasidagi "Metallurg" – "Navbahor lochinlari" uchrashuvi yakunlangandan so'ng "Metallurg" futbol klubi futbolchisi Akmal Ortiqov “Navbahor lochinlar” futbol klubi rasmiylariga nisbatan futbolchilarga xos bo'lmagan nojoiz xatti-harakat sodir qilgani qayd etilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Akmal Ortiqov (Metallurg) nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.


"Surxon" – "Turon"

Superliganing 16-turi doirasidagi "Surxon" – "Turon" uchrashuvining 79-daqiqasida “Turon” futbol klubi futbolchisi Xurshid Muxtorov raqib o'yinchisining yuz va ko'krak qismi atrofiga qo'li bilan zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Xurshid Muxtorovga ("Turon") nisbatan 2 ta o'yinga chetlashtirish intizom chorasi qo'llanildi.


Pro liga

"Dinamo" – "Yunired"

Pro liganing 13-turi doirasidagi "Dinamo" – "Yunired" uchrashuvining 66-daqiqasida "Yunired" klubi futbolchisi Sayyodbek Davronov to'p uchun kurashish vaqtida oyog'ining tag qismi bilan raqib o'yinchisining oyoq qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Sayyodbek Davronovga ("Yunired") nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish intizom chorasi qo'llanildi.


Birinchi liga

"Bunyodkor farm" – "Zomin bo'rilari"

Birinchi liganing 12-turi doirasidagi "Bunyodkor farm" – "Zomin bo'rilari" uchrashuvining 75-daqiqasida "Bunyodkor farm" jamoasi futbolchisi Ilhom Ubaydullaev raqib o'yinchisini hamda bosh hakamni shaniga haqoratli so'zlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Ilhom Ubaydullaevga (Bunyodkor farm) 3 ta o'yinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi qo'llanildi.


"Lokomotiv BFK" – "Jayxun"

Birinchi liganing 12-turi doirasidagi "Lokomotiv BFK" – "Jayxun" uchrashuvida "Jayxun" jamoasi yordamchi murabbiyi Navruzbek Alimov yordamchi hakamni shaniga haqoratli so'zlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Uchrashuvda "Jayxun" jamoasi mamuri Samat Seypullaev urilgan golni nishonlash paytida yordamchi hakam tomon nojoiz xatti-harakatlar qilgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Navruzbek Alimov va Samat Seypullaevga nisbatan 2 ta o'yinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi qo'llanildi.


"Jizzax" – "Yangiyo'l"

Birinchi liganing 12-turi doirasidagi "Jizzax" – "Yangiyo'l" uchrashuvida "Yangiyo'l" jamoasi futbolchisi Jahongir SHukurov to'psiz vaziyatda raqib o'yinchisini tepganligi uchun maydondan chetlashtirilgan.

“Jizzax” jamoasi futbolchisi Sanjar Rashidov raqib o'yinchisining shaniga haqoratli so'zlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Jahongir SHukurov (Yangiyo'l) va Sanjar Rashidovga (Jizzax) nisbatan 2 ta o'yinga chetlashtirish intizom chorasi qo'llanildi.


U-19 chempionati

"Surxon" U-19 – "Mashal" U-19

U-19 chempionatining 13-turi doirasidagi "Surxon" U-19 – "Mashal" U-19 uchrashuvining 20-daqiqasida "Mashal" U-19 jamoasi futbolchisi Farrux Toshpo'latov raqib o'yinchisi shaniga haqoratli so'zlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Farrux Toshpo'latovga (Mashal U19) 2 ta o'yinga chetlashtirish intizom chorasi qo'llanildi.


"Surxon" U-19 — "Paxtakor" U-19

U-19 chempionatining 11-turi doirasidagi "Surxon" U-19 – "Paxtakor" U-19 uchrashuvi yakunlangandan so'ng "Surxon" U-19 jamoasi futbolchisi Islom Mo'minov bosh hakam shaniga haqoratli so'zlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Islom Mo'minovga ("Surxon" U-19) nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish intizom chorasi qo'llanildi.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика