"Milan" - Lyakazett uchun navbatdagi davogar
24 noy 2021 18:24
Yangiliklar
"Milan" - Lyakazett uchun navbatdagi davogar
Londonning "Arsenal" klubi franciyalik forvard Aleksandr Lyakazett bilan xayrlashishga yaqin.
"Kanonirlar" bilan shartnomasi yakunlanayotgan hujumchiga ko'plab Evropaning top-klublari qiziqish bildirishmoqda.
O'yinchi uchun kurashga "Milan" qo'shildi. "Rossonerilar" Aleksandr bilan yozgi transfer oynasida tekinga shartnoma imzolashmoqchi.
Ammo, Milan klubiga futbolchi uchun kurashda yutib chiqish oson bo'lmaydi. Oldinroq, ushbu transferni "Barselona", "Atletiko", "Inter" va "Manchester Siti" klublari amalga oshirishmoqchi ekanligi xabar qilingan edi.
30 yoshli francuz joriy mavsum APL doirasidagi 7ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar