"Milan" Lamela uchun "Tottenxem"ga 25 mln. evro to'lashga tayyor

Aslanov Jasurbek
17 okt 2016, 10:05
"Milan" "Tottenxem" yarim himoyachisi Erik Lamelani xarid qilishga qiziqib qolgan.

Ma'lumotlarga ko'ra, Italiya klubi argentinalikni qishda xarid qilmoqchi va u uchun 25 mln. evro to'lashga tayyor.

"Milan" ijrochi direktori Marko Fernandes va sport direktori Massimiliano Allegri o'tgan haftada "Chelsi" hamda "Lester" o'rtasidagi APL uchrashuviga tashrif buyurdi, ammo bazi boshqa ma'lumotlarga ko'ra, ular "Tottenxem" vakillari bilan 24 yoshli futbolchining transferi borasida muzokara o'tkazgan.

Lamela joriy mavsumda APLning 8 ta uchrashuvida maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 1 golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Calciomercatoweb