Milan klublari "San Siro"ni buzish va yangi stadionni qurilishi boshlanayotganligi haqida xabar berdi
24 iyu 2019 18:20
Yangiliklar


Milan klublari "San Siro"ni buzish va yangi stadionni qurilishi boshlanayotganligi haqida xabar berdi
"Milan" va "Inter" klublari yangi stadion qurishni boshlashmoqda.
Bu haqda "Milan" prezidenti Paolo Skaroni va "Inter" bosh direktori Alessandro Antonello xabar berishdi.
"Biz yangi "San Siro"ni eskisi yonida quramiz. Eski joyda esa yangi binolar qad rostlaydi", - deydi Skaroni.
Antonelli bu loyiha uchun ikkala klub hamkorlikda ishlayotganini takidladi.
"San-Siro" 1925 yil 19 sentyabrda qurilgan. U hozirda 80018ta odamni o'z bag'riga sig'dira oladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar