"Milan" Kayl Uokerni olib qolish niyatida emas
16 apr 21:05
Yangiliklar


"Milan" Kayl Uokerni olib qolish niyatida emas
"Milan" "Manchester Siti" futbolchisini to'liq sotib olishga ikkilanmoqda.
La Gazzetta dello Sport nashrining malumotiga ko'ra, Italiya klubi 34 yoshli ingliz futbolchisi Kayl Uoker o'yin formasini yo'qotib, jarohat olgandan so'ng, uni to'liq sotib olish bo'yicha bir qarorga kela olmayapti. "Milan" kelgusi mavsumda Chempionlar ligasiga chiqmasa, Uoker yozda "Manchester Siti"ga qaytadi.
Avvalroq, Fabricio Romano Kayl Uoker bu yozda har qanday holatda ham "Manchester Siti"ni tark etishi haqida xabar bergan edi.
Eslatib o'tamiz, Kayl Uoker "Manchester Siti"dan "Milan"ga mavsum oxirigacha ijara asosida o'tgan edi. "Rossonerilar" rahbariyatida uni 5 million evro evaziga sotib olish imkoniyatini mavjud.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar