"Milan" Kalabriyaning maoshini ikki karra oshiradi
15 may 2021 18:48
Yangiliklar


"Milan" Kalabriyaning maoshini ikki karra oshiradi
"Milan" rahbariyati himoyachi Davide Kalabriya bilan yangi shartnoma imzolamoqchi.
Milan klubi 24 yoshli futbolchining maoshini ikki baravar oshirishga tayyor. Agar tomonlar bitimga imzo chekishsa, o'yinchining maoshi yiliga 2 million evroni tashkil etadi.
Kalabriyaning Milan klubi bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.
Futbolchi joriy mavsum Italiya chempionati doirasidagi 30ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 1ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar