"Milan" hujumchisi Xitoyga ketishi mumkin
24 dek 2018 20:58
Yangiliklar
"Milan" hujumchisi Xitoyga ketishi mumkin
"Milan" hujumchisi Fabio Borini faoliyatini Xitoyda davom ettirishi mumkin.
"Calciomercato" xabariga ko'ra, 27 yoshli futbolchining xizmatlariga "SHenchjen" jamoasi qiziqish bildirmoqda. Transfer yanvardayoq rasmiylashtirilishi mumkin. "Rossoneri"lar futbolchining transferidan 15 million evro ishlab olishi mumkin.
Futbolchining "Milan" bilan shartnomasi 2021 yilgacha davom etadi.
Fikrlar