"Milan" hali ham Korreaga qiziqmoqda
15 mar 2021 10:28
Yangiliklar
"Milan" hali ham Korreaga qiziqmoqda
"Atletiko" hujumchisi Anxel Korrea yozgi transfer oynasida klubdan ketishi mumkin.
25 yoshli argentinalik futbolchiga uni qishda xarid qila olmagan "Milan" klubi davogarlik qilmoqda.
Xabarlarga ko'ra, ehtimoliy transfer 30 million evroni tashkil etishi mumkin.
Korrea joriy mavsum La Liga doirasidagi 27ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 6ta assist qayd etdi.
Fikrlar