"Milan" etakchisi "Inter" bilan derbida o'ynashga tayyor
16 sen 2023 13:20
Yangiliklar
Olive Jiruning Franciya terma jamoasi o'yinida oyog'idan olgan jarohati jiddiy bo'lib chiqmadi, deb xabar berdi "Sky Sport Italia". SHunday ekan, 36 yoshli forvard 16 sentyabr kuni bo'lib o'tadigan "Inter" bilan derbida maydonga tushishi mumkin. Boz ustiga, Jiru asosiy tarkibda maydonga tushishi kutilmoqda.
Eslatib o'tamiz, raqiblar principial uchrashuvga etakchi maqomida etib kelishdi. "Inter" ham, "Milan" ham A Seriyaning uchta dastlabki turida maksimal to'qqiz ochko to'plashdi. Olive Jiruga kelsak, u ushbu 3 ta uchrashuvda 4 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
"Milan derbisi" Toshkent vaqti bilan 21:00 da start oladi.
Fikrlar