"Milan" Duglas Kosta bilan shartnoma imzolamoqchi
29 jan 2021 18:47
Yangiliklar


"Milan" Duglas Kosta bilan shartnoma imzolamoqchi
"Bavariya"da ijara asosida o'ynayotgan "Yuventus" vingeri Duglas Kosta faoliyatini boshqa bir Italiya top-klubida davom ettirishi mumkin.
30 yoshli futbolchiga "Milan" klubi qiziqish bildirmoqda. Transferda asosiy to'siq braziliyalik futbolchining yiliga 6 million evrolik maoshi bo'lishi mumkin.
Kosta joriy mavsum Germaniya chempionati doirasidagi 9ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 1ta assist qayd etdi.
Yarim himoyachining ijara shartnomasi 2021 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar