Milan Donnarummaga 5 yillik shartnoma va 50 mln evro maosh taklif qiladi

Narzulla Saydullayev
2 iyul 2017, 23:42
Yaqin orada Milan rahbariyati Janluiji Donnarummaning agenti Mino Rayola bilan muzokara o'tkazadi.

Rossonerlar 18 yoshli posbonga 5 yillik shartnoma va 50 million evro maosh taklif qilishmoqchi.

Oldinroq Donnarumma Milan bilan shartnomani uzaytirmoqchi emasdi. Unga Real jiddiy qiziqmoqda.

Donnarumma 2015 yil A seriyada debyut qilgandi. O'tgan mavsum u Milan safida 41ta o'yinda maydonga tushib 12ta uchrashuvda o'z darvozasidan umuman to'p olib chiqmadi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: gianlucadimarzio.com