"Milan" Donnarumma bilan kelisha olmasa Reynani taklif qiladi
13 iyu 2017 17:12
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/259176_original.jpg)
![](/upload/storage/259176_220.jpg)
"Milan" Donnarumma bilan kelisha olmasa Reynani taklif qiladi
"Napoli" darvozaboni Pepe Reyna "Milan" qiziqishlari doirasida.
Agar "Milan" Janluiji Donnarumma bilan shartnomani uzaytira olmasa, klub B reja sifatida Reynani xarid qilmoqchi.
18 yoshli posbon kelajagini muhokam qilish uchun Monte-Karloda Mino Rayola bilan uchrashdi. "Milan" rahbariyati yoshlar o'rtasidagi Evropa chempionati boshlanguncha Donnarummaning javobini olmoqchi. Turnir 16 iyun kuni start oladi.
"Milan" yosh darvozabonga 5 mln. evrolik maosh va 5 yillik shartnoma taklif qilgan edi. Agar Donnarumma sotiladigan bo'lsa, Reyna "Milan"ning asosiy transfer maqsadiga aylanadi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar