"Milan" Dalotni yana bir mavsumga "Manchester Yunayted"dan ijaraga olishga urinib ko'radi
10 iyu 2021 12:25
Yangiliklar
"Milan" Dalotni yana bir mavsumga "Manchester Yunayted"dan ijaraga olishga urinib ko'radi
"Milan" "Manchester Yunayted" himoyachisi Diogu Dalotning ijarasini uzaytirmoqchi.
"Rossonerilar" 22 yoshli portugaliyalik futbolchini saqlab qolishmoqchi va xarid qilish huquqisiz shartnomani yana bir mavsumga uzaytirishini rejalashtirmoqda.
"Manchester Yunayted" futbolchini sotmoqchi va Diogu uchun 20 million evro talab qilmoqda. O'yinchining agenti va klub yaqin kunlarda muzokaralar o'tkazishadi.
Dalot 2020/21 yilgi mavsum "Milan" tarkibida 33ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 3ta assist qayd etdi.
Fikrlar