"Milan" CHalxanoglu bilan shartnomani uzaytirishga yaqin
03 mar 2021 07:48
Yangiliklar


"Milan" CHalxanoglu bilan shartnomani uzaytirishga yaqin
"Milan" yarim himoyachisi Xakan CHalxanoglu katta ehtimol bilan klubda qoladi.
Futbolchini kecha kechqurun "Milan" ofisida ko'rishdi, Xakan u erda klub rahbariyati bilan uchrashgan. Qiziqarlisi, futbolchi bilan agenti yo'q edi.
Qayd etish kerakki, kundan-kunga tomonlar bitimni uzaytirishga yaqin kelishmoqda, faqat yana bir necha masalalarni hal qilish kerak. CHalxanogluning o'zi ham "Milan"da qolishni xohlaydi.
27 yoshli futbolchi joriy mavsum "Milan" safida barcha musobaqalarda 30ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol va 11ta assist qayd etdi. Xakanning "rossonerilar" bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2021 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar