"Milan" braziliyalik yarim himoyachiga ko'z tikdi
18 jan 2021 21:05
Yangiliklar


"Milan" braziliyalik yarim himoyachiga ko'z tikdi
"Goal" nashri xabariga ko'ra, "Milan" "Portu"ning braziliyalik yarim himoyachisi Otavioga qiziqish bildirmoqda.
Nashrning yozishicha, Italiya klubi qishki transfer oynasida futbolchi bilan shartnoma imzolamoqchi. Futbolchining "Portu" bilan shartnomasi olti oydan keyin tugaydi, shuning uchun portugaliyaliklar uni katta bo'lmagan miqdorda sotishlari mumkin.
Milanliklar Otavioga yiliga 1,5 million evro maosh bilan to'rt yillik shartnoma taklif qilishdi.
25 yoshli Otavio joriy mavsumda "Portu" tarkibida barcha musobaqalarda 20 o'yin o'tkazib, 3 ta gol urdi va 8 ta golli pas berdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar