"Milan" bosh direktorida saraton aniqlandi
20 iyu 2021 19:47
Yangiliklar
"Milan" bosh direktorida saraton aniqlandi
"Milan" bosh direktori Ivan Gazidisda tomoq saratoni qayd etildi.
Bu haqda Italiya klubi matbuot xizmati xabar berdi.
"Rossonerilar" matbuot xizmatining takidlashicha, shifokorlar xulosasiga ko'ra Gazidis to'liq tuzalib ketishi mumkin.
Gazidis ixtisoslashgan shifoxonada davolanmoqda.
"Saraton aniqlanishi hayotdagi yoqimsiz holatlardan biri. Ammo yaxshiki, kasallikning u qadar kuchli turi kuzatilmadi va davolasa bo'larkan. Ishonamanki, tez orada tuzalib ketaman", – deydi Gazidis.
Ivan Gazidis 2018 yilda "Milan" bosh direktori etib tayinlangan. U oldinroq "Arsenal"da faoliyat yuritgan.
Fikrlar