"Milan" Bigliya va Bonaventura bilan shartnomani uzaytirmaydi
15 apr 2020 01:50
Yangiliklar
"Milan" Bigliya va Bonaventura bilan shartnomani uzaytirmaydi
"Milan" rahbariyati yarim himoyachilar Lukas Bigliya va Jakomo Bonaventura bilan hamkorlikni davom ettirmaslikka qaror qilgan.
Ikkala futbolchining ham "rossonerilar" bilan amaldagi shartnomasi yozda nihoyasiga etadi. Klub rahbarlari futbolchilarga yangi klub izlayverish haqida ko'rsatma bergan.
Eslatib o'tamiz, 34 yoshli Bigliya "Milan"ga 2017 yilda "Lacio"dan, 30 yoshli Bonaventura esa 2014 yilda "Atalanta"dan kelib qo'shilgandi.
Fikrlar