"Milan" "Arsenal" futbolchisi uchun 25 mln evro taklif qiladi
06 jan 2020 01:37
Yangiliklar


"Milan" "Arsenal" futbolchisi uchun 25 mln evro taklif qiladi
"Rossonerilar" yarim himoyachi uchun "Napoli" bilan kurash olib borishiga to'g'ri keladi.
"Daily Mirror" nashri xabariga ko'ra, "Arsenal" yarim himoyachisi Lukas Torreyra "Milan" klubi qiziqishlari doirasiga tushib qoldi. "Rossonerilar" 23 yoshli futbolchi uchun "to'pchilar"ga 25 million evro to'lashga tayyor. Italyan klubi maydon markazini kuchaytirishni maqsad qilgan. Jamoa rahbariyati Torreyraga Italiya A Seriyasi begona emasligi ("Peskara" va "Sampdoriya"da to'p tepgan) bois moslashish jarayonida hech qanday muammolar yuzaga kelmasligiga ishonadi.
Eslatib o'tamiz, "Napoli" klubi ham urugvaylik futbolchiga faol qiziqish bildirayotgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar