"Milan" 21 yoshli futbolchini 5,5 mln evroga sotib oldi
22 avg 2023 23:52
Yangiliklar


"Milan" 21 yoshli futbolchini 5,5 mln evroga sotib oldi
"Milan" Marko Pellegrinoning transferini elon qildi.
Himoyachi Italiya klubi bilan 2028 yilga qadar shartnoma imzoladi. 21 yoshli futbolchi "Milan"da 31-raqamda o'ynaydi.
Janluka Di Marcioning xabariga ko'ra, transfer uchun "rossoneri" "Platense"ga 3,5 mln evro to'lagan. SHuningdek, 2 mln evro bonuslar tarzida vada qilingan. SHuningdek, futbolchining navbatdagi transferini 10 foizi Argentina klubiga o'tkazib beriladi.
2023 yilda futbolchi "Platense" tarkibida 17 o'yinda harakat qilib, 1 gol urgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar