So’nggi yangiliklar

01:48Камавинга ва Себальоснинг "Реал"даги тақдири маълум бўлди  0 01:15"Атлетико" Линони 25 миллион еврога сотиб юборди  0 00:55Азиз Холмуродов: "Бизнинг ёш тоифасидаги энг кучли терма - Япония"  1 00:43Ўзбекистон U23 терма жамоаси Японияга қарши ўйин учун тайёргарликни давом эттирмоқда ГАЛЕРЕЯ  0 00:11Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" сафарда ишончли ғалаба қайд этди, Раҳмоналиев майдонга туширилмади  2 23:59Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" қийин ғалаба қайд этди, Шомуродовдан дебют  16 23:36Breaking! "Зўр ТВ" ЖЧ-2026 трансляция ҳуқуқини сотиб олди!  16 23:13Тер Штеген операция қилинади  1 22:59Конференциялар лигаси саралаши. "Астана" дуранг ўйнади, "Актобе"дан кичик ҳисобда ғалаба  1 22:18"Қизилқум" халқаро ўртоқлик учрашувида дуранг қайд этди  0 21:47"Арсенал" 15 миллионлик трансферини эълон қилди  1 21:36"Насаф" назорат баҳсида "Хоразм"ни кичик ҳисобда мағлуб қилди  0 20:50"Машъал" Про-лига вакили билан назорат ўйинида 2 тўп фарқидаги ғалабани ушлаб қола олмади  3 20:29"Шўртан" 4 футболчини таркибига қўшиб олганини маълум қилди  2 19:58"Манчестер Юнайтед" Уоткинс борасида музокараларни давом эттирмоқда  5

Mikael Sekeyra: "Yilning eng zo'r uchrashuvi bo'ldi" Yangiliklar

Mikael Sekeyra: "Yilning eng zo'r uchrashuvi bo'ldi"

Superliganing 11-turi doirasida "So'g'diyona"ga qarshi bahsdan keyin "Lokomotiv" bosh murabbiyi Mikael Sekeyra o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- CHiroyli o'yin bo'ldi. Ikki jamoa ham O'zbekistonning eng yaxshi jamoalaridan hisoblanadi. "Lokomotiv" bugungi o'yini orqali turnir jadvalida egallab turgan o'rniga munosib emasligini ko'rsatmoqchi bo'ldi va bunga erishdi. Futbolchilarim yaxshi o'yin namoyish qildi. Golga tortadigan ikki ajoyib vaziyatga ega bo'ldik. Birinchi bo'limda Turopovning boshi bilan yo'llagan zarbasini darvozabon qaytargan bo'lsa, ikkinchi bo'limda Javohir Sidiqovning boshi bilan bergan zarbasi ustunga tegib qaytdi. O'z navbatida "So'g'diyona" ham golga tortadigan ikki vaziyatga ega bo'ldi. "Qo'qon-1912"ga qarshi o'yindagi mag'lubiyatdan keyin biz bu erga shunchaki kelganimiz yo'q edi. G'alaba uchun harakat qildik. Ammo safarda o'ynaganimiz uchun durang ham yomon natija emas. Natija adolatli bo'ldi deb hisoblayman.

- Bosh hakamga etirozlar bormi?
- Yo'q, hech qanday etirozim yo'q. Menimcha bugungi hakam O'zbekistondagi eng yaxshi hakam.

- "So'g'diyona" haqida fikrlaringiz.
- Yaxshi jamoa, og'ir raqib. Doimiy ravishda qarshi hujumlarda o'ynashadi, uzun paslarda qoyilmaqom harakat qilishadi. SHu boisdan ularning hujumini o'tkazib yubormaslik uchun himoyada doimo koncentraciya bo'lishi kerak. Ular maydonga doimo jang qilish uchun tushishadi. Bugun biz taktik tomonlama tartibli o'ynadik. Ularning qarshi hujumga o'tib ketishiga yo'l qo'ymadik. SHuningdek, to'pni o'zimizda ushlab turishga harakat qildik. Bugun g'alaba qozonmoqchi edik, omad kelmadi.

- Natija o'yinga mos bo'ldimi?
- Menimcha shunday. Bugun ikki jamoada ham golga tortadigan vaziyatlar bo'ldi. Ammo aytishim kerakki, juda chiroyli va yilning eng qiziqarli o'yinlaridan biri bo'ldi. Faqatgina gol etishmadi.

- "Lokomotiv"da maqsad qanday, transferlar bo'ladimi?
- Hozircha bu narsani o'ylayotganim yo'q. Futbolchilarim etarlicha. Ammo o'zimizga mos tushadigan futbolchini topishga harakat qilamiz. Ishlar davom etadi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика