So’nggi yangiliklar

18:30Испания Кубоги 1/8 финалига қуръа ташланди  0 18:08U-23 Осиё Кубоги. Ўзбекистон U-23 - Ливан U-23. Таркиблар маълум  4 17:44"Хоразм" сербиялик дарвозабон билан шартнома имзолади  1 17:06"Пахтакор"нинг ироқлик легионерлари визасини янгилай олмаяпти  6 16:45Тони Пулис: "Агар имконият берилса, Флетчер МЮ учун энг яхши мураббий бўлиши мумкин"  2 16:17Абдуқодир Ҳусанов сайёранинг энг тезкор 10 нафар футболчиси қаторига кирадими?  2 15:05Тимур Кападзе: "Ўйлайманки, "Навбаҳор"да молиявий муаммолар бўлмайди"   16 14:45"Бунёдкор" хорватиялик легионер билан хайрлашди  1 14:20Забиҳилло Ўринбоев: "Ўтган йилги ички муаммоларни ҳозир айтиш нотўғри. Хатолардан хулоса чиқарамиз"  1 14:02МЮ вақтинчалик мураббий масаласида Сульшер ва Кэррик билан учрашув ўтказади  5 13:35Неймар ва "Сантос" шартномани 2026 йил якунига қадар узайтиришди  0 13:02Бугунги ўйинлар: Ўзбекистон U-23 — Ливан U-23, Ҳусанов “Сити” билан уйда ва бошқалар  3 12:56Месси ижтимоий тармоқлар ҳақида: "Гоҳида кимдандир "отписка" қилишни хоҳлайман, лекин бунинг оқибатларини биламан"  11 12:23U-23 Осиё Кубоги: юришимиз Ливандан бошланади. Рақиб ҳақида нималарни биламиз?   2 12:22"Ювентус"нинг мағлубиятсиз серияси 6 та ўйинга етди – 5 та ғалаба ва бир дуранг  2

Mikael Sekeyra: "Qo'l ostimda o'ynagan futbolchi hozir "Barselona"da" Yangiliklar

Mikael Sekeyra: "Qo'l ostimda o'ynagan futbolchi hozir "Barselona"da"

Coca-Cola Superliganing 9-turidan o'rin olgan "Andijon" - "Lokomotiv" (1:2) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Mikael Sekeyra matbuot anjumanida ishtirok etib, jurnalistlar savollariga javob qaytardi.





O'yin haqida

- Juda chiroyli o'yin bo'ldi. "Andijon" yaxshi shakllangan jamoa ekan. O'yinga yaxshi tayyorgarlik ko'rgandik, oson kechmasligini bilardik. Dastlabki 20 daqiqalikdan so'ng o'yinni o'z qo'limizga olishga harakat qildik. Ikkinchi bo'limda ham futbolchilarimiz chiroyli o'yin namoyish etishdi. "Lokomotiv" klubi vakillari va futbolchilarini g'alaba bilan tabriklayman. Futbolchilarimiz bugun oldimizda turgan katta vazifani uddalashdi.

"Andijon" jamoasi 1:0 yutib turgandi, bunaqa vaziyatda o'yinni g'alaba bilan yakunlash oson kechmaydi. Raqib jamoa muxlislarini ham tabriklab qolaman, ular juda yaxshi muxlislik qilishdi. Bu maydonga ikkinchi bor kelayapmiz, bu stadionga mehrim tushib qoldi. Jamoa muxlislarini juda hurmat qilaman. O'ylayman-ki, bugun qo'lga kiritilgan g'alabamiz adolatli bo'ldi.

- Kubok uchrashuvida ham, bugun ham jamoangiz "Andijon" ustidan g'alaba qozondi. Sizningcha, "Andijon" jamoangiz uchun qulay raqibmi?

- "Andijon" jamoasi juda yaxshi. CHunki ular birinchi bo'limda juda yaxshi o'yin tashkil etishdi. Ayni damda jamoa bu kabi o'yini bilan quyi o'rinlarga munosib emas.

- Ispaniyalik himoyachi zaxirada qolayotganining sababi nima?

- Bu borada hech qanday muammo yo'q. Har bir futbolchining o'z vazifasi bor. O'zim shuni his qilganligim uchun bugun jismoniy imkoniyati kuchli bo'lgan futbolchilarni maydonga tushirdim.

- SHogirdlaringiz orasida kuchli beshlik chempionatlarida o'ynayotgan futbolchilar bormi?

- Aytish mumkin, "Barselona" jamoasi safida Trinkao o'ynaydi. "Braga"da yordamchi murabbiy bo'lib ishlaganimda aynan u jamoa safida edi.

- "Braga"da muxlislar atmosferasi bilan "Lokomotiv" stadionidagi farq sizga qanday his-tuyg'ularni beradi?


- "Lokomotiv" stadioni menga yoqadi. Maydon holati va chimi alo darajada. Klublar ozgina akademiyalar haqida o'ylab ko'rishi va moliyaviy mablag'lar kiritishi kerak. O'zbekiston futbol associaciyasi ham bu borada ish olib borish kerak, alohida shaharcha tashkil etib terma jamoalarga yosh futbolchilarni tayyorlab borishi kerak.

Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика