So’nggi yangiliklar

00:45"Монако" "Манчестер Сити" ҳимоячисига кўз тикмоқда  0 00:32Саудия Про-Лигаси. Роналду ва Бензема жамоалари ғалаба қозонишди  4 00:09Дэвид Симэн: "Артетанинг тўртта алмаштиришидан шокка тушдим"  1 23:40"Реал" "Бетис"нинг 40-50 миллион евролик ҳимоячисига кўз тикди  0 23:05Туркия йиғини. "Қўқон-1912"нинг назорат ўйинлари тақвими  1 22:41Бразилия терма жамоаси ва "Милан" собиқ юлдузи Англиядан клуб сотиб олмоқчи  3 22:10"Ўзинг яхшимисан, Ромео?" — Дэвид Бекхэм "Манчестер Юнайтед" ғалабасидан сўнг ўғлининг устидан кулди  2 21:57"Ал Насср" ва "Ал Тавун" ўртасидаги 18-тур баҳси учун таркиблар маълум: Роналду асосий таркибда!  0 21:50РЕКОРД! "Фламенго" "Вест Хэм" футболчисини 41 миллион евродан қимматга сотиб олмоқда  1 21:30Паулу Фонсека "Лион" раҳбариятидан Эндрикни олиб қолишни сўради  1 21:00Флик: "Канселу жамоага яхши мослашяпти"  0 20:23Футзал харитаси: Барча йўллар Жакартага олиб боради  9 19:51Ўзбекистон терма жамоаси Хитой билан жанговар дуранг қайд этди  42 19:25АПЛнинг жорий мавсуми сўнгги йиллардаги энг зерикарлиси бўлмоқда  8 18:52"Кремонезе" дарвозабони ўйиндан кейин стадионда қолиб кетди  1

Mikael Sekeyra - "Lokomotiv" bosh murabbiyi! Yangiliklar

Mikael Sekeyra - "Lokomotiv" bosh murabbiyi!

O'z oldiga doim yuqori maqsadlarni qo'yadigan "Lokomotiv" futbol klubi portugaliyalik murabbiy bilan kelishuvga erishdi.

Avvalroq, ushbu mutaxassis "Lokomotiv"da ish boshlashi mumkinligi haqida saytimiz orqali malum qilgandik.

Eshitdik-da! "Lokomotiv"ga kelayotgan portugaliyalik murabbiy kimligi malum 

SHu paytgacha Portugaliyaning "Braga" klubida yordamchi murabbiy sifatida ishlab kelgan Mikael Sekeyra "temiryo'lchilar" bilan 2 yillik bitimga imzo chekdi. 2011 yil UEFA Pro licenziyasini qo'lga kiritgan mutaxassis ushbu mavsumdan "Lokomotiv" PFK bosh murabbiyi sifatida faoliyat olib boradi.

Malumot uchun, 47 yoshli murabbiy 2006-2008 yilgi mavsumlarda "Braga" klubining yoshlar jamoasini bosh murabbiy sifatida boshqargan. SHuningdek, 2010/2011 yilgi mavsumda asosiy jamoa bosh menejeri bo'lib faoliyat yuritgan. 

Mikael Sekeyra uchun Osiyo begona emas. CHunki portugaliyalik murabbiy 2018-2019 yilgi mavsumda Saudiya Arabistonining "Al Nassr" klubida U-21 jamoasi bosh murabbiyi bo'lish bilan birga asosiy tarkibda Rui Vitoriaga yordamchi murabbiy sifatida ish olib borgan. 

Murabbiy erishgan yutuqlar haqida shuni aytish mumkin, Mikael Sekeyra "Braga" bosh menejeri bo'lib ishlagan yil jamoa Evropa Ligasi finalida o'ynagan. Osiyodagi faoliyatida esa "Al Nassr" bilan Saudiya Arabistoni chempionligini qo'lga kiritgan, qolaversa U-21 jamoasi bilan ham mamlakat birinchiligida zafar quchgan. 

"Lokomotiv" PFK Mikael Sekeyraga "temiryo'lchilar" oilasiga xush kelibsiz deb qoladi va murabbiyning O'zbekistondagi faoliyatiga omad tilaydi.

Reyting: +34   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика