Mikael Sekeyra "Lokomotiv" bilan tanishdi
11 jan 2021 18:06
Yangiliklar
Mikael Sekeyra "Lokomotiv" bilan tanishdi
"Lokomotiv" PFK yangi bosh murabbiyi Mikael Sekeyra yig'in oldidan jamoa azolari bilan uchrashdi.
Portugaliyalik mutaxassis dastlab futbolchilar istiqomat qiladigan qarorgohdagi sharoitlarni o'rgandi. SHundan so'ng asosiy jamoa uy uchrashuvlarini o'tkazadigan "Lokomotiv" stadioniga tashrif buyurib, murabbiylar shtabi va futbolchilar bilan uchrashdi.
Mikael Sekeyra jamoa vakillari bilan tanishib bo'lgach, shunday dedi: - "Men bu erga Portugaliyadan shunchaki vaqt o'tkazish uchun kelganim yo'q, balki kuchli jamoani shug'ullantirish uchun keldim. O'tgan bir oy ichida "Lokomotiv"ni o'rgandim, bir qancha o'yinlarini ko'rdim. Barchamiz bir bo'lib harakat qilsak, yana yuqori marralarni zabt eta olamiz. Buning uchun men sizga yordam beraman, siz esa menga".




O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинда такрорланмайди деб умид қиламан"
Fikrlar