So’nggi yangiliklar

10:07Клублар ўртасидаги ЖЧ. Ким қанча ишлаб олди?  0 09:30Ўтган мавсумдаги Суперлиганинг "энг яхши ёш футболчиси" фаолиятини водий жамоасида давом эттиради  1 08:53Терма жамоамизнинг яна бир аъзосига Греция ва Ла Лига 2 жамоасидан қизиқиш бор  10 08:19"Реал" ўз тарбияланувчисининг қайтганини эълон қилди  6 07:47Терма жамоамизнинг яна бир аъзоси легионерга айланди. Унинг янги жамоасидаги рақами ҳам маълум  7 07:39Ўзбекистон МТЖ аъзоси Эрон чемпиони билан шартнома имзолайди  9 01:44Жезуш Роналду ҳақида: "Унинг таклифи туфайли "Ал Насср"даман"  12 00:48Тер Штеген ғазабда, клубдагилар уни кетади деб ўйлашяпти, аммо...  7 00:30"Андижон" Валижон Раҳимов билан хайрлашди  2 23:43"Ал Ҳилол" собиқ устози энди "Ал Насср"ни бошқаради  1 23:17"Ньюкасл" "Айнтрахт" ҳужумчиси учун 70 млн. евро таклиф қилди  2 22:34Испания ҳукумати Ямалнинг туғилган кун байрамида карлик касаллиги бор одамларнинг ишга ёлланганини текширишни сўради  7 22:04КЖЧдан сўнг "Олтин тўп" учун ким асосий даъвогар?  75 19:54Грилишнинг янги манзили Туркия бўлиши мумкин  3 19:27Расман: Кенжабоев "Қизилқум"га қайтди  7

Mikael Sekeyra: "Bardanka o'zbek futboliga moslashishi uchun vaqt kerak" Yangiliklar

Mikael Sekeyra: "Bardanka o'zbek futboliga moslashishi uchun vaqt kerak"

"Lokomotiv" - "Bunyodkor" (2:1) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Mikael Sekeyra o'z fikrlarini bildirdi.





"CHiroyli derbi bo'ldi. O'yin ham chiroyli o'tdi. Ikkita juda ham yaxshi jamoalar o'rtasidagi bahs. Yutganimiz adolatli bo'ldi deb o'ylayman. "Lokomotiv" yaxshi o'yin namoyish etdi, urilgan ikkala gol ham chiroyli bo'ldi. Barcha futbolchilarimni tabriklayman. Astoydil g'alaba uchun kurashishdi. SHu jamoada ishlaydigan barchani tabriklayman, chunki barcha katta mehnat qildi. Ishlash uchun hamma sharoit yaratib berildi", - deydi Sekeyra. 

- Raqib 2:0 bo'lguniga qadar deyarli yugurmadi, shunda "Lokomotiv" tezlikni oshirishi mumkinmidi?

- Birinchi taymdan so'ng Diyorni chapga, Azizni o'ngga o'tkazdik. Ikkalasi yaxshi o'ynashdi. Maydon markazida ham pozicion o'zgarishlarni amalga oshirdik. Ko'rsatmalarni futbolchilarim to'liq bajarib berishdi.

- Legioner sifatida olib kelingan Diego Bardanka so'nggi o'yinlarda kam maydonga tushmoqda. Bu nima bilan bog'liq?

- Bardanka O'zbekistonda yangi. U o'zbek futboliga moslashib ketishi uchun biroz muddat kerak bo'ladi.

- Oltita tur ortda qoldi, lekin "Lokomotiv"da portugalcha futbol ko'zga tashlanmayapti. Bu jamoa siznikimi yoki xali o'z uslubingizni singdira olmadingizmi?

- Bu haqiqiy O'zbekiston futbolini ko'rish uchun ozgina vaqt kerak bo'ldi. CHempionat boshlangan ilk kundan buni kuzatishga urindim. O'zbekiston va Evropa futboli boshqa-boshqa. O'zbek futboliga singib ketishim kerak edi, qisqa fursat ichida bunga erisha oldim deb o'ylayman.

- Birinchi taymda raqib juda sust va juda sekin o'yin ko'rsatdi. Lekin ular tezlikni oshirganidan keyin "Lokomotiv" tashabbusni berib qo'ydi...

- To'g'ri aytdingiz. Raqib juda ham keng o'ynay boshlashdi va men yana bir himoyachini maydonga tushirishga majbur bo'ldim. Bardanka maydonga tushgach raqib hujumlari kamaydi.

So'nggi so'z o'rnida bugungi natija biz uchun ham, jamoa uchun ham yaxshi bo'ldi. Bu bilan to'xtab qolmaymiz. Endi "Andijon" bilan o'yinga tayyorgarlik ko'ramiz.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика