So’nggi yangiliklar

07:45Суперлига. Бугун дахшат учрашувлар бор  6 07:20Суперлига. "Пахтакор" сафарда "Машъал" устидан ғалаба қозонди, ОКМК эса "Бухоро"ни мағлуб этди  0 00:4437 ёшли Куадрадонинг янги клуби маълум  4 00:11Вирц "Ливерпул"да қайси рақамни олди?  3 23:42Отабек Нарзуллаев: "Менга ёққан томони - футболчиларимиз охиригача курашди"  0 23:22Камолиддин Тожиев: "Танаффусдан кейин тезда тонусга тушиб олиш осон эмас"  2 23:10Миржалол Қосимов: "Иккинчи даврани ғалаба билан бошлашни мақсад қилгандик"  1 22:55"Истанбул Башакшехир" ўртоқлик ўйинида "Истанбулспор"ни минимал ҳисобда мағлуб этди, Шомуродов ва Файзуллаев баҳсда иштирок этди  10 22:49Улуғбек Бакаев: "Футболда шунақа: сен урмасанг, сенга уришади"  7 22:20Manchester Evening News журналисти "Ман Сити"нинг Ҳусанов бўйича режаларини хабар қилди  5 21:58Суперлига. "Пахтакор" "Машъал" устидан минимал ғалабага эришди  37 21:55Суперлига. ОКМК Қаршида "Бухоро"дан устун келди   17 21:35Тадич янги клубга ўтди  0 21:05"Бавария" футболчиси Лондон клубига ўтади  1 19:53"Ливерпуль" келаси мавсум учун либосларини тақдим этди  12

Mikael Laudrup: "Bizni katta sinov kutyapti" Yangiliklar

Mikael Laudrup: "Bizni katta sinov kutyapti"

“Laxviya” – “Bunyodkor” uchrashuvi oldidan o'tkazilgan matbuot anjumanininng ikkinchi qismida qatarliklar ustozi Mikael Laudrup va yarim himoyachi Abdulrahmon Muhammad ishtirok etdi.
- “Bunyodkor” bilan bahsga yaxshi tayyorlandik. Raqib juda kuchli jamoa. Garchi Toshkentdagi bahsda kichik hisobda g'alaba qozongan bo'lsak-da, “Bunyodkor” bizga etarlicha tashvish tug'dirgandi. SHuning uchun ham ertaga bizga oson bo'ladi, deb o'ylamayman. “Bunyodkor”ni “pley-off” bosqichida Osiyoning bugungi kundagi grandlaridan biri “Al-Jazira”dan ustun kelgandi. Aslida jamoa ko'rsatayotgan o'yin juda yaxshi. Lekin o'zbekistonliklarga biroz omad etishmayapti. Buni ularning nafaqat bizga qarshi o'tkazgan o'yini balki raqibni o'rganish jarayonida “Persepolis” bilan bahsdagi harakatlarini ham bilganim uchun gapiryapman. Yana qaytarib aytaman, ertaga bizni katta sinov kutib turibdi. Biz Qatarda chempionlik ostonasida turibmiz. Lekin CHempionlar ligasida hali g'olib chiqishga tayyormiz, deya olmayman. Qatar chempionati sekin-asta kuchayib bormoqda. Lekin hali Osiyoning eng kuchli ligasiga aylanib ulgurmadi, - deydi Mikael Laudrup.

- Qatar chempionatida ko'rsatgan so'nggi o'yinimiz muxlislarni ranjitdi. Ertangi bahsda g'alaba qozonib, ishqibozlarimizga yana xursandchilik ulashishga harakat qilamiz. “Bunyodkor” to'sig'idan o'tib olsak, guruhdan chiqish imkoniyatlarimiz keskin oshardi, - deydi Muhammad Abdulrahmon.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика