So’nggi yangiliklar

08:28“Истанбул Башакшехир“ Элдорнинг трансфери учун “Рома“га қанча таклиф қилгани маълум  1 08:01Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бавария" сўнгги дақиқалардаги гол эвазига ғалаба қозонди  1 07:31Суперлига. Бугун 13-турнинг марказий учрашуви бўлиб ўтади  6 07:20Суперлига. Захирадан тушган Жокичнинг голи "Нефтчи"га уч очко тақдим этди, "Насаф" эса Қашқадарё дербисида "Машъал"ни енгди  0 01:16Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бавария"дан 10та гол қабул қилган "Окленд Сити" "Бенфика" билан ўйинда ҳам кўп гол ўтказиб юборди  7 01:05Клублар ўртасидаги ЖЧ. Жексон туғилган кунида 4 дақиқадаёқ қизил карточка олган ўйинда "Челси" мағлубиятга учради  16 00:58Асрор Алиқулов: "Айрим футболчиларимиз Суперлига даражасига тайёр эмас"  1 00:38Виртц бу рейтингда учинчи бўлди  4 00:08Рўзиқул Бердиев: "Ёзда камида 2-3 футболчини олиб келамиз"  1 23:49Виталий Левченко: "Бухоро" ўзига муносиб бўлмаган жойда"  14 23:28Расман: "Ливерпуль" Виртцни 136 млн эвазига сотиб олди  13 23:12"Бухоро" ёрдамчи мураббийи: "Ҳакам нега футболчиларимизни сўкади? Ҳакамнинг "Нефтчи"га ёрдам бериши шарт эмасди"  16 22:47ПСЖ "Борнмут"га 55 млн таклиф қилди ва рад жавобини олди  0 22:25Саудия Арабистони клублари Фермин Лопесга қизиқиш билдирмоқда. "Бавария" ҳам футболчини ўз сафида кўрмоқчи  3 22:00Суперлига. "Нефтчи" "Бухоро" устидан қийин ғалабага эришди  35

Migel Rodrigo: "Tailand yoki Vetnam? Dochchi demo ii" Yangiliklar

Migel Rodrigo: "Tailand yoki Vetnam? Dochchi demo ii"

Osiyo chempionati 3-turidan so'ng bo'lib o'tgan matbuot anjumanida yaponlar murabbiyi Migel Rodrigo ishtirok etdi.
“O'yin natijasidan xursandman. Avstraliya terma jamoasi himoyada juda yaxshi o'ynadi. 30ga yaqin gol urish uchun imkoniyatlar bo'ldi. SHunga qaramay kuchli jamoaga qarshi g'alabaga erisha odik. 100 foizli natija bilan chorak finalga chiqdik. Xursandman”, - deydi Migel Rodrigo.

- Musobaqaning muhim pallasi etib kelmoqda. Yaponiya bugun kam gol urdi. Bu nimadan dalolat?
- Malayziya va Avstraliya saviyasi turlicha bo'lgan jamoalar hisoblanadi. Avstraliya himoyada juda kuchli o'ynaydi. 11:1 hisobida yutgan o'yinimizdan ko'ra bugungi bahs menga ko'proq yoqdi. To'pni yaxshi nazorat qildik.

- CHempionat boshlanmasidan oldin bu guruhdagi barcha jamoa ustozlari bir ovozdan ushbu guruhni eng kuchli deyishgandi. Yaponiya bu guruhdan 100 foizli natija bilan chorak finalga chiqdi. Bu degani sizning jamoaingiz chempionlik uchun eng asosiy favoritmi?
- Eron favorit. Ular Osiyo futzalining qirollari. Forslar Osiyoda 10 marta chempion bo'lishgan.  To'g'ri oxirgi chempionatlarda Yaponiya chempion bo'ldi. Ammo baribir Eron yaqqol favorit.

-  Avstraliya futzaliga qanday baho berasiz?
- Robert Varela bilan gaplashdim. Ularda futzal bilan shug'ullanadigan bo'lim yo'q. Bundan tashqari futzal ligasi yo'q. Ular uzoq muddatli yig'in o'tkazib Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko'rishdi. Futbol bo'yicha Osiyo chempioni bo'lgan Avstraliyada futzal ligasi yo'qligi meni hayron qoldirdi. Umid qilamanki qitada futzal rivojlanib boraveradi. Varela juda malakali murabbiy hisoblanadi. Avstraliya terma jamoasi 6ta yig'in o'tkazdi va chorak finalga chiqdi. Bunda murabbiyning xissasi juda katta. Buni aqlli murabbiygina amalga oshira oladi.

- Tailand yoki Vetnam? Qaysi biri?
- Dochchi demo ii (kuladi). Bu yaponchasiga farqi yo'q degani.

Narzulla Saydullaev
Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика