Michel: "Ramosni o'rnida bo'lsam "Real"da yana 10 yilni o'tkazgan bo'lardim"
24 mar 2021 16:15
Yangiliklar
Michel: "Ramosni o'rnida bo'lsam "Real"da yana 10 yilni o'tkazgan bo'lardim"
"Real" sobiq yarim himoyachisi Michel Serxio Ramosni Madridda qolishi kerak deb hisoblaydi.
Tomonlar yangi shartnomada maosh borasida kelisha olishmayapti, 34 yoshli himoyachi yozda erkin agentga aylanishi mumkin.
"Real" Ramosni qadrlaydi deb o'ylayman. Agar unga boshqa joyda katta pul taklif qilinsa ham, uni "Real"dagi o'yin bilan taqqoslab bo'lmaydi. Ramosni o'rnida bo'lsam kamroq olsam ham yana 10 yilni o'sha erda o'tkazardim. Har qanday holatda ham unga bolalarini xususiy maktabga berishga pul etadi.
Bunday ittifoq buzilganda, ikki tomon ham katta zarar ko'radi. Ramosning qo'lida shartnoma bor, u "ha" deyishi kifoya. "Real"dan ketish mumkin, ammo chet elda hayot oson emas", - deydi Michel.
Eslatib o'tamiz, Ramos 2005 yildan beri "Real" sharafini himoya qiladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar