So’nggi yangiliklar

00:19МЮ ёзда биронта ҳам ўйинчи сотмай, трансферлардан 24 млн евро ишлаб олди  0 23:45Беллингем елкасини операция қилдирди."Реал" ярим ҳимоячиси қанча муддатга сафдан чиққани маълум  2 23:23Расман: "Атлетико" 30 млн евролик трансферни амалга оширди  0 22:59Де Паул ҳам Мессининг ёнига боради. "Атлетико" ва "Интер Майами" келишиб олишди  1 22:35"Ливерпуль" Экитике бўйича "Айнтрахт" билан музокарага киришди  1 22:11Йоахим Левга яқин манба Ўзбекистон билан музокаралар бўлаётганини тасдиқлади, мураббийга маслаҳатчи лавозими таклиф қилинган – Sport24  69 21:50Расман: Ламин Ямал янги мавсум "Барселона" сафида 10-рақамда ҳаракат қилади  3 21:29Ислом Исмоилов: "Москвада маҳаллий клублар билан назорат учрашувлари ўтказамиз"  6 21:01Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Мираброр Усмонов хотира турнирига тайёргарликни давом эттирмоқда  2 20:25Ламин Ямал янги мавсум 10-рақамда ўйнашига ишора қилди(ми?)  1 19:48Иброҳим Йўлдошев - ОКМК футболчиси  2 19:14Суперлига. Биринчи давранинг эътиборга молик 5 воқеаси   5 19:12ЖЧ2026да 4 та танаффус бўлиши мумкин  7 19:00МЮ "Брайтон" ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда. "Милан" ҳам ушбу футболчи борасида маълумот йиғяпти  0 18:33Машарипов кичик жароҳат олди  1

Mezbonlarga atalgan turdan qiziq raqamlar: gol, kartochka... Yangiliklar

Mezbonlarga atalgan turdan qiziq raqamlar: gol, kartochka...

Teglar :  Superliga
O'zbekiston Superligasining 20-turi yakuniga etdi.

Etiborli jihati, mazkur tur doirasidagi 7 o'yinning hech birida mehmonlarning g'alabasi qayd etilmadi. 

"Qo'qon-1912" 1:1 "Andijon", 2314 muxlis

"Paxtakor" 3:1 "Turon", 2203 muxlis

"So'g'diyona" 2:0 "Metallurg", 987 muxlis

AGMK 1:0 "Surxon", 1003 muxlis

"Navbahor" 0:0 "Qizilqum", 4525 muxlis

"Lokomotiv" 2:1 "Mashal", 355 muxlis

"Nasaf" 5:0 "Bunyodkor", 3051 muxlis

Mazkur turni 14 438 ishqiboz stadionning o'zidan tomosha qildi (o'rtacha 2063 nafar). Guvohi bo'lganingizdek, eng ko'p muxlis "Navbahor" va "Nasaf"ning uy o'yinlarida ishtirok etdi. Eng yomon natija esa "Lokomotiv" — "Mashal" o'yinida qayd etildi.

7 o'yinda jami 17 gol urildi (o'rtacha 2,4). To'plarning 14 tasi mezbon, 3 tasi mehmon jamoalar tomonidan kiritildi. Eng ko'p gol "Nasaf" va "Bunyodkor" o'rtasidagi o'yinda urildi (5). Faqat 1 bahsda darvozalarga to'p kiritilmadi ("Navbahor" — "Qizilqum").

Faqat 1 futbolchi dublga erishdi. "Nasaf" forvardi Husayn Norchaev "qaldirg'ochlar" darvozasini 2 bor ishg'ol qildi.

20-turda referilar 34 marta cho'ntaklaridan sariq rangdagi kartochkalarni chiqarishga majbur bo'lishdi (o'rtacha 4,8 tadan).

Eng qo'pol o'yin Qo'qondagi bahs bo'ldi. Rahimbek Karimov 90 daqiqa ichida 11 futbolchini ogohlantirdi.

Faqat 1 futbolchiga qizil kartochka ko'rsatildi (2-sariqdan keyin) — Sunnatilla Ermatov ("Turon").

Faqat 2 bor 11 metrlik jarima zarbasi belgilandi.

Malumot uchun, Superliganing keyingi tur o'yinlari 1 oktyabrda start oladi. Markaziy uchrashuv poytaxtda. O'yinlarni o'tkazib yubormang!

01.10.2021 - 16:00. "Qo'qon-1912" — "Paxtakor"

01.10.2021 - 18:15. "Metallurg" — "Lokomotiv"

02.10.2021 - 15:30. "Mashal" — "Nasaf"

02.10.2021 - 15:45. "Andijon" — "So'g'diyona"

02.10.2021 - 18:00. "Bunyodkor" — AGMK

03.10.2021 - 16:00. "Surxon" — "Navbahor"

03.10.2021 - 18:15. "Qizilqum" — "Turon"

"Toshkent grandlarining muxlislari sinfdoshlarimdan ham kamroq!"

Muallif :
Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика