Meyson Grinvud “Atalanta”ga o'tishga yaqin
09 iyu 2023 07:55
Yangiliklar
Meyson Grinvud “Atalanta”ga o'tishga yaqin
“Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Meyson Grinvud faoliyatini Italiyada davom ettiradi.
23 yoshli futbolchini MYU “Atalanta”ga ijaraga berishga qaror qildi. Futbolchi 11 iyul kuni Italiyada tibbiy ko'rikdan o'tadi va yangi jamoasi bilan shartnoma imzolaydi.
Grinvud futbolchini sevgan qizi zo'rlashda ayblaganidan so'ng 2022 yilning yanvaridan beri maydonga chiqmaydi. Joriy yilning fevralida forvarddan barcha ayblovlar olindi, ammo "Manchester Yunayted" vaziyat bo'yicha ichki tekshiruv o'tkazishi sabab uni tarkibga qaytarmadi.
Grinvudning manchesterliklar bilan shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Fikrlar