So’nggi yangiliklar

21:55Тудор "Ювентус"нинг мағлубиятига изоҳ берди  0 21:28Суперлига. "Навбаҳор" - "Бунёдкор" учрашувидан ГАЛЕРЕЯ  0 21:12Акмал Рустамов: "Қизил карточка ва пенальти ўйинни ҳал қилди"  1 20:49Камолиддин Тожиев: "Режаларимизни очиқлай олмайман. Ҳар бир позицияга иккитадан футболчи бор"  5 20:30​Суперлига. "Пахтакор" – "Қизилқум" 3:0  0 20:30АПЛ. "Ливерпуль" - "Манчестер Юнайтед" (онлайн ҳисоб)  40 20:20​Суперлига. "Нефтчи" пенальтидан урилган гол эвазига ОКМКдан устун келди   73 19:59АПЛ. "Тоттенхэм" ўз майдонида "Астон Вилла"га ютқазди  1 19:45Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси йирик ҳисобда ғалаба қозонди  0 19:16Мутахассис фикри: Катанец ёрдамчилари билан боғлиқ вазият ҳақида тўлиқ изоҳ  4 18:50Янгича офсайд қоидаси Жаҳон чемпионатигача тасдиқланиши ва амалиётга татбиқ қилиниши мумкин  6 18:20Де Дзерби: "Гринвуд дунёнинг энг яхши футболчиларидан бирига айланиши мумкин"  6 17:57Суперлига. "Пахтакор" иккита пенальти тепилган ўйинда бир киши кам "Қизилқум"ни йирик ҳисобда енгди  65 17:35А Серия. "Ювентус" мавсумдаги илк мағлубиятини "Комо"дан қабул қилиб олди  11 16:50Симеоне ВАР ҳақида: "Уч киши ҳаммамиз кўриб турган нарсага қарама-қарши қарор қабул қилмоқда"  8

"Metallurg"dan uch kishi - Superligada 19-turning eng yaxshilari Yangiliklar

"Metallurg"dan uch kishi - Superligada 19-turning eng yaxshilari

Championat.asia sayti O'zbekiston Superligasi 19-turining eng yaxshilarini aniqladi.

Championat.asia sayti talqiniga ko'ra 19-turning eng yaxshi darvozaboni – Rahimjon Davronov ("Metallurg")

"Metallurg" bu tur o'z maydonida (Olmaliqda) amaldagi mamlakat chempioni "Paxtakor"ni qabul qildi va mavsumdagi birinchi g'alabasini tantana qildi - 3:2. Uchrashuv davomida bekobodliklar posboni Rahimjon Davronov jamoasini muqarrar gollardan qutqarib qoldi. To'g'ri darvozabon shu kuni 2ta gol o'tkazdi, ammo uning seyvlari bo'lmaganida "Metallurg" yirik hisobda mag'lub bo'lardi. SHu tariqa Davronov turning eng yaxshi posboni sifatida etirof etildi.



Championat.asia sayti talqiniga ko'ra 19-turning eng yaxshi murabbiyi – Grigoriy Kolosovskiy ("Metallurg")

"Metallurg" 2016 yildan buyon birinchi marta "Paxtakor"ni mag'lub eta oldi. Bekobod klubi bu mavsum o'zining birinchi g'alabasini aynan shu turda qo'lga kiritdi. Grigoriy Kolosovskiy boshchiligidagi "Metallurg" amaldagi chempiondan 3 ochko tortib oldi va aynan u turning eng yaxshi murabbiyi deb topildi.  



Championat.asia sayti talqiniga ko'ra 19-turning eng yaxshi futbolchisi – Javohir Sidiqov ("Nasaf")

Peshqadam "Nasaf" bu tur Qarshida ikkinchi o'rindagi OKMKni qabul qildi va 2:0 hisobida g'alaba qozondi. SHu kuni "ajdarlar" safida Javohir Sidiqov ikkita gol urishga erishdi. Dastlab CHolovich uzatgan to'pni boshi bilan darvozaga yo'llagan bo'lsa, ikkinchi taymda belgilangan penaltini "Panenka" uslubida amalga oshirdi. Aynan Sidiqov saytimiz talqiniga ko'ra 19-turning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.  



Championat.asia sayti talqiniga ko'ra 19-turning eng chiroyli goli muallifi – Marko Milichkovich ("Metallurg")

"Metallurg"ning "Paxtakor" ustidan qozongan g'alabasiga Marko Milichkovichning so'nggi soniyalarda urgan supergoli sabab bo'ldi. Bahsning 90+8-daqiqasida SHaykulovning uzatmasidan keyin Milichkovich maydon markaziga yaqin joydan to'pni darvozaga aniq yo'lladi va g'alaba golini urdi. Aynan legioner tomonidan urilgan gol championat.asia sayti talqiniga ko'ra turning eng chiroyli goli deb topildi.


 


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика