So’nggi yangiliklar

11:59ОЧЛ тугатилди, энди янги мусобақа кўрамиз  5 11:26Ўзбекистон делегациясига Футзал Жаҳон чемпионати-2024 кубогини топшириш маросими бўлиб ўтди  4 10:56"Локомотив" эртага янги ўйинчиларни таништиради  1 10:45«Барселона» узоқ вақт қизиққан футболчисининг трансферидан воз кечди  1 10:11«Фулҳэм» «Арсенал» футболчиси учун рекорд миқдорда пул тўлайди  4 09:43«Ал Садд» «Монако» футболчисини сотиб олди  2 09:15Sofascore. Кечаги учрашув учун Ўзбекистон ОТЖ футболчилари қандай баҳоларга лойиқ кўрилди?  12 08:47«Қўқон-1912» сардори фаолиятини бошқа бир Про лига жамоасида давом эттиради  1 08:25Ўртоқлик учрашуви. "Барселона" - "Манчестер Сити" 2:2, Холланднинг голи ҳисобга олинмади  2 08:20Олимпия ўйинлари. Чорак финал жуфтликлари билан танишинг  10 07:53Ўртоқлик учрашуви. «Ман Сити» ва «Барселона» жанговар дуранг ўйнашди  4 07:25Бугун Абдумалик Халоков, Давлат Бобонов ва яна бир неча спортчимиз Париж Олимпиадасида иштирок этишади  2 01:49Миср олимпия терма жамоаси сардори БАА клубига ўтди  3 00:44"Рома" "Ювентус" футболчиси билан шартнома имзолади  1 00:16Париж-2024. Франция ва АҚШ чорак финал иштирокчиларига айланди  1

“Metallurg” yosh "qaldirg'ochlar"ni dog'da qoldirdi Yangiliklar

“Metallurg” yosh "qaldirg'ochlar"ni dog'da qoldirdi

Teglar :  BunyodkorMetallurg
Mavsum boshlanishiga qisqa muddat qolayotganligi bois Superliga qatnashchilari ko'rik-nazorat uchrashuvlariga zo'r berishayapti.

Zero o'yin amaliyotini shakllantirishda sparring raqiblar bilan bahslar muhim ahamiyat kasb etadi.

Yangi mavsum tayyorgarligini poytaxtda davom ettirayotgan Bekobodning “Metallurg” jamoasi kecha  navbatdagi hafta yig'inini  “Bunyodkor” jamoasi yoshlar tarkibiga qarshi nazorat uchrashuvi bilan yakunladi. Bu o'yinda poytaxt viloyati vakillarining tajribasi sezilib turdi va ular 2:0 hisobida g'alaba qozonishdi.

Uchrashuvda bekobodliklar yig'inda qatnashayotgan barcha o'yinchilarga maydonga chiqish imkoniyatini berishdi. Birinchi bo'limda asosan tajribali o'yinchilar maydonga tushirilgan bo'lsa, ikkinchi taymda jamoa yig'iniga jalb etilgan yangi nomlar ko'rikdan o'tkazildi. O'yinning ilk daqiqalaridanoq tashabbusni qo'lga olgan “Metallurg” futbolchilari ikkinchi taymda ustunliklarini hisobda ham aks ettirishdi.  50-daqiqada “Bunyodkor” yoshlari o'z jarima maydonlari yaqinida o'yin qoidasini buzishdi. Jarima to'pini Abror Xusinov ajoyib tarzda amalga oshirdi va to'pni darvozaning yaqin yuqori burchagiga joylab qo'ydi – 1:0.

72-daqiqada esa bekobodliklar penalti ishlashdi. Davlatjonov chap qanotda katta tezlik bilan ikki taqibchisini ortda qoldirdi va jarima maydoniga kirib bordi. Ammo uni qarshi olgan “Bunyodkor”ning markaziy himoyachisi Saidjamolni o'yin qoidasini buzib to'xtatishga majbur bo'ldi. 11 metrlik nuqtadan Timur Tolipov unumli foydalandi – 2:0.

Mazkur uchrashuvdan keyin “Metallurg” futbolchilariga bir kunlik dam  olish berildi. Dushanba kunidan etiboran bekobodliklar yana poytaxtimizda to'planishadi va yig'inni davom ettirishadi. Keyingi haftalarda ham bir qator nazorta uchrashuvlari o'tkazilishi rejalashtirilgan. Jumladan, “Metallurg”ning keyingi raqiblari “Andijon”, “So'g'diyona” jamoalari bo'lishi oydinlashdi. SHu o'rinda bu hafta bekobodliklar safini Jahongir Abdumo'minov tark etganligini qayd etish lozim. Uning qaysi jamoadan qo'nim topganligi hozircha malum emas. “Metallurg” futbol klubi J.Abdumo'minovga Bekobod futboli taraqqiyoti yo'lida qo'shgan hissasi uchun minnatdorchilik bildiradi va uning keyingi faoliyatiga omad tilaydi.


“Bunyodkor” (yoshlar) – “Metallurg”  – 0:2 (0:0). Toshkent. 20 yanvar 2018 yil. Nazorat uchrashuvi.
Hakam: 
Komiljon Rasulov.
Nazoratchi: Baxtiyor Nomozov.
Gollar: Abror Xusinov (50), Timur Tolipov (72 penalti).
“Metallurg”: Zafar Safaev, SHerzod Fayziev, Abror Xusinov, Jasur Hasanov, Dilyorbek Irmatov, Ixtiyor Toshpo'latov, Nodir Mavlonov, SHahzod SHaymanov, Islom Isoqjonov, Alisher Ziyovuddinov, Zohid Abdullaev.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Nikita Ribkin, Abror Toshqo'ziev, Muhammadjon Sultonov, Muhammadodil Qahramonov, Alisher Mirzaev, Xudoyshukur Sattorov, Doniyor Hoshimov, Timur Tolipov, Saidjamol Davlatjonov, Orifxo'ja Abduxoliqov.


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика