So’nggi yangiliklar

23:28Марсель: "Олтин бутса"ни қўлга киритиш энг катта орзуларимдан бири эди. Бироқ ундан ҳам юқори мақсадим бор эди"  0 23:15Леандро Лино: "Жаҳон чемпионатигача жуда кўп меҳнат қилдик ва бу ўз самарасини берди"  0 22:58Алан Бранди: "Ҳакамлар ҳақида гапирмоқчи эмасман. Нима бўлганини ҳамма кўрди"  1 22:44"Манчестер Сити" судда АПЛни мағлуб этди  4 22:42Пабло Таборда: "Мағлубиятга қарамай, бошимизни баланд кўтарган ҳолда Ўзбекистонни тарк этамиз"  0 22:16Хосе Венансио Лопес Ўзбекистон футзал терма жамоасини тарк этди  8 22:11Тожикистон терма жамоаси Россия билан ўйнашни хоҳламади  6 21:48Назорат учрашуви. "Бунёдкор" - "Сурхон" 1:3  1 21:39Тўртта таймдан иборат назорат учрашувида ОКМК "Локомотив"ни таслим қилди  0 21:11Ўзбекистон терма жамоаси йиғини бошланди, Машарипов ва Шукуровдан интервью  1 21:09Ўзбекистон МТЖ Эрон ва БАА қарши ўйинларга тайёргарликни бошлади  9 21:00"Барселона"да жароҳатланганлар сафига яна бир футболчи қўшилди  5 20:40"Мен халқаро танаффусларни яхши кўраман! Ҳар икки ҳафтада шундай бўлишини хоҳлардим!" — Гвардиола  0 20:08Испания футболи афсонаси фаолиятини якунлади  14 19:50"Сўғдиёна" назорат ўйинида "Олимпик"ни 3 та тўп фарқи билан енгди  1

"Metallurg" yangi mavsumga tayyor! Yangiliklar

"Metallurg" yangi mavsumga tayyor!

Bahorning uchinchi kuni boshlanadigan yangi mavsumga Bekobod shahri ahli va futbol jamoatchiligi tayyor.

Markaziy stadion engil tamirdan chiqarildi. Bezak ishlari poyoniga etkazildi. Tablo, hakamlar, nazoratchi hakam, futbolchilarning kiyinish xonalari qayta ko'rib chiqildi va shay holatga keltirildi. Muxlislar Bekobodga qadimiy va hamisha navqiron Samarqand shahrining “Dinamo” jamoasi tashrifini kutishyapti.

 “Dinamo” bir yillik tanaffusdan keyin yana oliy ligaga qaytdi. Klub O'zbekiston chempionatlarida 650 ta uchrashuv o'tkazib, shulardan 227 tasida g'alaba qozongan. 111 ta uchrashuvda durang qayd etgan. 312 o'yinda esa mag'lubiyat alamini totib ko'rgan. Samarqandliklar raqiblari darvozasiga 807 ta to'p kiritganlari holda, o'z darvozalaridan 952 ta to'p olib chiqishga majbur bo'lishgan. Jamoaning oliy ligadagi eng yirik hisobdagi g'alabasi 2000 yil Angrenning “Semurg'” jamoasiga qarshi uchrashuvda kuzatilgan – 8:0. O'z navbatida “Dinamo”ning milliy chempionatimizdagi eng yirik hisobdagi mag'lubiyati ham 0:8 ni tashkil etadi. 1997 yilda “Neftchi” hamda “Surxon” jamoalari samarqandliklar darvozasiga javobsiz sakkiztadan to'p kiritishgan.



Bekobodning “Metallurg” jamoasi esa o'z ananasiga sodiq qolgan holda asosiy tarkib o'yinchilarining katta qismini o'zgarishsiz saqlab qoldi. O'tgan mavsum bilan qiyoslaydigan bo'lsak, klubni ijarachilar – Javohir Esonqulov, Ergash Ismoilov, shuningdek, Farrux SHotursunov, SHerzod Jalilov, Ulug'bek Xudoyberdiev va Saidjon Abdujabborovlar tark etishdi. Biz ularning barchasiga “Metallurg” FK ning yutuqlariga qo'shgan hissalari uchun minnatdorchilik bildiramiz. O'z navbatida jamoa tarkibiga bu mavsum bir qator yangi o'yinchilar taklif etildi. “Qo'qon 1912” jamoasidan Doston Tursunov, Kamronbek Kopadze, “Olmaliq”dan Doniyor Ismoilov, “Navbahor”dan Islom Isoqjonov, “Bunyodkor”dan Sanjar Qodirqulovlar tarkibimizga kelib qo'shilishdi. “Metallurg”ning sobiq o'yinchilari Alisher Ziyovuddinov hamda Vusol Mageramovlar ham klubimizga qaytib kelishdi.

“Metallurg” yangi mavsumga tayyorgarlik jarayonida Turkiya yig'inida b o'lib qaytdi. U erda xorij mamlakatlari jamoalariga qarshi 5 ta uchrashuv o'tkazib, shulardan 3 tasida g'alaba qozondi (“Akjayik” – 2:0, “Al Naft” – 1:0, “Gelios” – 1:0), 2 ta o'yinda esa imkoniyatni boy berdi (“Volin” – 1:2, “Dnepr” – 0:1). Bundan tashqari mamlakatimiz maydonlarida ham oliq hamda birinchi liganing bir qator jamoalariga qarshi nazorat uchrashuvlari o'tkazildi. Bir so'z bilan aytganda “Metallurg” 2017 yilgi mavsumda muxlislarni xursand etishga shay!



Endi, bekobodliklarning chempionatlarimiz tarixidagi o'yinlariga etibor qaratamiz. “Metallarg” O'zbekiston chempionatlarida shu kungacha 554 ta o'yin o'tkazgan. SHulardan, 181 tasida g'alabaga erishgan, 259 ta o'yinda imkoniyatni boy bergan, 114 ta uchrashuvda durang o'ynagan. Raqiblar darvozasiga 697 ta gol urganimiz holda, o'z darvozamizdan 890 ta to'p o'tkazib yuborganmiz. “Metallurg”ning eng yirik hisobdagi g'alabasi – 6:0. Bekobodliklar 2001 yilda “Semurg'”ni, 2006 yilda “Xorazm”ni va o'tgan mavsum “Mashal”ni o'z maydonida shunday hisobda tor-mor etgan. Eng yirik hisobdagi mag'lubiyatimiz esa 0:7 bo'lib, 2003 yilda “Navbahor”ga, 2004 yili “Nasaf”ga yutqazganmiz.

Bevosita “Metallurg” hamda “Dinamo” jamoalari oliy ligada o'yinlariga to'xtaladigan bo'lsak, bu klublar kuchlilar safida 34 bora to'qnash kelishgan. SHu o'yinlardan 16 tasida samarqandliklar g'olib bo'lishgan, 10 ta o'yinda “Metallurg” g'alaba qozongan. O'zaro o'yinlarda 8 marta durang natijasi qayd etilgan. To'plar nisbati “Dinamo” foydasiga 51:38 ni tashkil qilmoqda. Mana shu o'yinlarda “Dinamo” 56 ochkoni, “Metallurg” esa 38 ochkoni qo'lga kiritgan.Bekobodliklar uchun “Dinamo”ga qarshi o'tkazilgan eng muvaffaqiyatli mavsum 2002 yil bo'lgan. O'shanda R.Mirsodiqov shogirdlari samarqandliklarni har ikkala uchrashuvda dog'da qoldirgan.

“Metallurg”ning “Dinamo” ustidan qozongan yirik g'alabasi – 3:0. “Dinamo”ning o'zaro o'yinlarda bekobodliklar ustidan qozongan eng yirik g'alabasi – 5:0.


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика