"Metallurg" yana yig'inni boshladi
06 jan 2014 10:54
Yangiliklar

"Metallurg" yana yig'inni boshladi
Oliy liganing barcha klublari singari Bekobodning “Metallurg” jamoasi azolari ham Yangi yil bayrami munosabati bilan berilgan kichik tatildan qaytishdi va shanba kunidan etiboran yig'inni davom ettirishmoqda.
Poytaxt viloyati vakillari odatdagidek mashg'ulotlarni CHirchiq shahridagi “Kimyogar” stadionida olib borishayapti.
Rejaga ko'raikkinchi yig'in yanvar oyining oxiriga qadar Toshkent viloyatida olib boriladi.
Yig'in davrida oliy liga klublariga qarshi ikki-uchta ko'rik o'yini o'tkazilishi ham rejalashtirilgan. Qaysi jamoalarga qarshi kuch sinalishi haqida qo'shimcha malumot beramiz. Avval xabar berganimizdek, tarkibda jiddiy o'zgarishlar yo'q. O'tgan yilgi tarkibdan Umid Tojimov, Jasur Boboevlar ketishgan. Odil Isaboev murabbiylar shtabida ish boshladi.
Yangi kelganlar haqida ham aniq malumot berishga hali erta. O'rinbosarlar tarkibidan 5-6 nafar o'yinchi asosiy tarkib mashg'ulotlarida ishtirok etishayapti. CHetdan chaqirilganlardan Murod Toshmatov (“So'g'diyona”) va Yusuf Bo'riev (“SHo'rtan”)lar jamoa ko'rigidan o'tishmoqda. Ulardan kimlar asosiy tarkibga qo'shilishi sparring raqiblarga qarshi ko'rik uchrashuvlaridan keyin malum bo'ladi. Jamoaning asosiy darvozaboni Mamur Ikromov Yangi yil bayrami arafasida shamollab qolganligi bois yig'inga bir haftalardan keyin qo'shilishi kutilmoqda. Qolgan o'yinchilarning kayfiyati va salomatligi ko'ngildagidek.

Fikrlar