So’nggi yangiliklar

11:11U-23 Осиё чемпионати-2018. Тор-мор этилган грандлар, Японияга ёрдам беролмаган Хави Алонсо, самолётдаги раққосалар ҳамда "қор жанги"да қўлга киритилган тарихий чемпионликни ёдга оламиз  4 10:48Юнус Али: “Жуда қийин ўйин бўлди”  1 10:20Бензема сурат учун 10 миллион евро тўлади  7 09:52Sofascore. Ашурматов кечаги учрашувда неча баҳо олди?  0 09:24Самандар Мавлонқулов фаолиятини пойтахтда давом эттиради  0 08:56"Насаф" футболчиси фаолиятини Тошкент жамоасида давом эттиради  3 08:28Sofascore. Кечаги учрашувдан сўнг "Бургутлар" неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 08:25ОЧЛ-2. “Ал-Аҳли” - “Андижон” 2:0  1 07:59Расман. Ўзбекистон чемпиони "Қўқон-1912" билан шартнома имзолади  3 07:32Самвел Бабаян: “Сабр қилсак, “Андижон” фахрланадиган даражадаги жамоага айланади”  27 00:50Расман: Ренан Лоди Бразилия клубига ўтди  0 00:20Флик "Барса" билан шартномасини 2028 йилгача узайтириш масаласини муҳокама қилади  0 23:55Ла Лигада декабрь ойининг энг яхши ўйинчиси бўлишга номзодлар номи маълум қилинди  2 23:34ОЧЛ-2. "Ал Насср" "Ал Завраа" устидан йирик ҳисобда ғалаба қозонди. "Истиқлол" "Ал Муҳаррақ"дан устун келди  1 23:07ОЧЛ-2 "Аркадағ" ўз уйида "Ал Ҳалдия"ни мағлубиятга учратиб, плей-офф босқичига йўл олди!  24

“Metallurg-vumen” taqdirlandi Yangiliklar

“Metallurg-vumen” taqdirlandi

Teglar :  Metallurg-W
2015 yilgi mavsumni ham ko'tarinki kayfiyatda o'tkazgan “Metallurg-vumen” qizlarini klub rahbariyati O'zbekiston Konstituciyasi kuni arafasida taqdirlash marosimini o'tkazdi.

Qatorasiga ikkinchi mavsumda mamlakat chempionatida ikkinchi o'rinni egallab, vice-chempionlikka erishayotgan, O'zbekiston kubogini esa ikkinchi mavsumdirki begona qilmay kelayotgan bekobodlik qizlarga klub muassislari – O'zbekiston metallurgiya kombinati tomonidan qimmatbaho sovg'alar topshirildi. Anjumanda O'zbekiston metallurgiya kombinati direktorining birinchi o'rinbosari Ayrat Hasanov so'zga chiqib, “Metallurg-vumen” jamoasi tashkil etilgan kundan boshlab zavod ishchi-xizmatchilari, barcha Bekobod shahri aholisini chiroyli g'alabalari bilan xursand etib kelayotganligini, jamoa har yili oldiga qo'yilgan vazifalarni sharaf bilan bajarayotganligini takidladi. Bu yilgi mavsumda “Metallurg-vumen” sermahsullikda O'zbekiston chempionatlari rekordini o'rnatganini, raqiblar darvozasiga 135 ta gol kiritganligini mamnuniyat bilan qayd etdi. Jamoaning bu yutug'ida barcha o'yinchilar, klub rahbariyati, murabbiylarning xizmatlari katta ekanligini etirof etdi. O'z navbatida to'purarlar ro'yxatini boshqargan, milliy chempionatlarimiz tarixidagi eng yuksak natijani qayd etgan, raqiblar darvozasiga 66 ta gol urgan Lyudmila Karachikka esa maxsus sertifikat va sovg'a topshirdi.

SHuningdek so'zga chiqqan Bekobod shahar hokimi o'rinbosari, shahar xotin qizlar qo'mitasi raisi SHoira Abdurahmonova, O'zbekiston metallurgiya kombinati kasaba uyushmalari qo'mitasi raisi Ilhom Qurbonovlar ham “Metallurg-vumen” qizlarining mamlaktimiz ayollar futbolini rivojlantirishga qo'shayotgan hissasi haqida to'lqinlanib gapirishdi. Qizlarning yutuqlariga ko'nikkan muxlislar endilikda ulardan yangi yangi muvaffaqiyatlarni kutishayotganligini, xususan kelgusi mavsumda mamlakat chempioni bo'lishlarini tilashdi. Tadbirga tashrif buyurgan FIFA yo'rikchisi Monika SHtab O'zbekistonda ayollar futboli taraqqiyotning to'g'ri yo'lidan ketayotganligini qayd etar ekan, mamlakatning grand jamoalari – “Sevinch” hamda “Andijanka”ga munosib raqobat ko'rsata oladigan jamoalarning ko'payotganligidan xursandligini yashirmadi. “Metallurg-vumen” qizlariga xalqaro maydonlarda ham omad tiladi.

O'zbekiston Respublikasi ayollar futboli associaciyasi vice prezidenti Irina CHen, musobaqalarni o'tkazish bosh hakami Elmira G'ulomova hamda O'zAFA mutaxassisi Alisher Fayziev "Metallurg-vumen" futbol klubi rahbarilariga, jamoa boshlig'i hamda murabbiylar tarkibiga va futbolchi qizlarga 2015 yilgi mavsumning kumush medallarini, ikkinchi darajali diplomlar hamda O'zbekiston kubogini topshirishdi.

Taqdirlash marosimi Bekobod shahar madaniyat uyi xonandalarining diltortar kuy va qo'shiqlari, maftunkor raqslari bilan yanada fayzli o'tdi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика