So’nggi yangiliklar

18:45Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" ва "Ньюкасл" ўртасида Сингапурдаги ўйинда 5 та гол урилди  0 17:50"Реал" ўйинчисини 13,5 млн евро эвазига қайта харид қилиш ҳуқуқи билан сотди  0 17:21"Барселона" "Виссел Кобе"ни мағлуб этди, Рэшфорд дебют ўйинини ўтказди  0 16:57Феликс 30+20 млн евро эвазига "Челси"дан "Ал Насср"га ўтади - Фабрицио Романо  2 16:30"Бавария" Диас учун "Ливерпул"га тахминан 80 млн евро таклиф қилди. Клублар битимнинг якуний тафсилотларини муҳокама қилмоқда  5 15:55"Ньюкасл" Александр Исак ўрнига 4 нафар номзодни маъқуллади  1 15:23"Реал" уч нафар футболчисини сотишга тайёр  4 14:58ПСЖ ва "Тоттенхэм" собиқ футболчиси "Персеполис"га ўтиши мумкин  2 14:16ПСЖ ўзига янги дарвозабон топди  0 13:38Феликс 44 млн фунт эвазига "Челси"дан Саудия Арабистони клубига ўтишга яқин  2 13:04Салиба "Реал"нинг қизиқиши фонида келажаги борасида қарор қабул қилди  4 12:23Брунунинг дубли МЮга АҚШдаги ўртоқлик ўйинида "Вест Хэм" устидан ғалаба келтирди  1 11:50"Атлетико" Бундеслигадан футболчи харид қилишга яқин турибди  3 11:20"Бавария" Диасни "Ливерпул"дан катта маблағ эвазига сотиб олишга яқин турибди  7 11:15"Бухоро"нинг тайёргарлиги, янги футболчилар, ёшлар ёхуд Улуғбек Бакаев иккинчи даврада юқорилашга умид қилмоқда   5

"Metallurg": Vagapov hamda No'monov bilan shartnoma tuzildi Yangiliklar

"Metallurg": Vagapov hamda No'monov bilan shartnoma tuzildi

Xabaringiz bor, yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rayotgan jamoasi mashg'ulotlarida o'tgan mavsumni Navoiyning “Qizilqum” tarkibida o'tkazgan Ruslan Vagapov va “So'g'diyona” vakili Ayubxon No'monovlar ishtirok etib kelishayotgandi.
Kecha ushbu futbolchilar rasman “Metallurg” o'yinchilariga aylanishdi.

Har ikkala futbolchi bilan kelishuvga erishildi va bir yillik shartnoma imzolandi. Klubdagi yangiliklardan yana biri uzoq yillar jamoaga fidoiy o'yinlari bilan yordam berib kelgan Ilyos Qurbonov futbolchilik faoliyatini yakunladi hamda murabbiylikka o'tdi. Klub rahbariyati Ilyosning “Metallurg” jamoasi taraqqiyotiga qo'shgan ulushini inobatga olib uni klub ixtiyorida olib qolishga qaror qildi. Bu mavsumdan etiboran I.Qurbonov murabbiylar shtabida ish olib boradigan bo'ldi.

Jamoani tark etganlarga to'xtaladigan bo'lsak, himoyachi Saidkomil Akbarov “Buxoro” o'yinchisiga aylandi. Sunnatilla Mamadaliev esa “Olmaliq”dan “Navbahor”ga ko'chib o'tganligini va Namangan jamoasi bilan shartnoma imzolaganligini qayd etish lozim. SHuningdek, asosiy darvozabonimiz bo'lib kelgan Mamur Ikromov “Lokomotiv” (Toshkent) jamoasi posboniga aylandi. Ignatiy Nesterov jarohat olgach, temiryo'lchilar uning o'rniga munosib nomzod izlashga tushishdi va M.Ikromovning nomzodi ustida to'xtalishdi.

“Metallurg” FK rahbariyati Mamurning nufuzli musobaqalarda qatnashish istagini rad eta olmadi va unga oq yo'l tiladi. Endilikda sobiq darvozabonimiz Osiyo chempionlari ligasida mamlakatimiz sharafini himoya etadi. O'z navbatida “Metallurg” futbol klubi rahbariyati, o'yinchilari va muxlislari klub rivojiga munosib hissa qo'shgan barcha o'yinchilariga minnatdorchilik bildiradi va kelgusi faoliyatlarida omad yor bo'lishini tilaydi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика