So’nggi yangiliklar

22:07Лондон клуби Испания терма жамоаси ўйинчисини 50 млн евро эвазига харид қилишга яқин  0 21:23"Реал"нинг собиқ ҳимоячиси Лукас Васкес янги клуби билан шартнома имзолади  0 20:30Хаби Алонсо: "Карвахаль Испания терма жамоасига қайтишни хоҳлайди"  1 20:10Футзал. БМБ – "Оил Стар" 5:1   0 19:55Футзал. БМБ "Оил Стар"ни 4 та тўп фарқи билан мағлуб этиб, Ўзбекистон Суперкубогига эга чиқди!  8 19:49Суперлиганинг 20-турида ҳакамлар жуда кўп хатога йўл қўйди  4 19:46Ўзбекистон Кубоги. "Пахтакор" - "Машъал" 3:1 (матнли трансляция)  34 19:29Про лига. "Арал" "ФарДУ"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди   5 19:22Тимур Кападзе: "Ўмон билан ўйинда легионерлар бизга ёрдам беролмайди"  12 19:01Хаби Алонсо Рюдигернинг жисмоний ҳолати ҳақида тўхталди  0 18:34Онана Ла Лигага йўл оладими?  4 18:01Расман: "Боруссия Д" "Челси" ярим ҳимоячиси трансферини расмийлаштирди  2 17:22Варди фаолиятини А Серияда давом эттирадими?  4 16:35Абдулла Бўриев: "Иккинчи даврада таркибимизга легионер қўшиб олишимиз мумкин, янги мавсумда ҳаммага кураш тақдим қиламиз"  0 16:12Денис Иванков: "Дарвозабонлар муаммоси бугун пайдо бўлиб қолмади"  1

“Metallurg” va "Olmaliq" uch kun ichida uchta o'zaro o'yin o'tkazishdi Yangiliklar

“Metallurg” va "Olmaliq" uch kun ichida uchta o'zaro o'yin o'tkazishdi

Teglar :  OlmaliqMetallurg
Mamlakat milliy chempionati bahslari boshlanishiga oz fursat qolayotgan bir paytda Toshkent viloyati jamoalari – “Olmaliq” hamda “Metallurg” barcha yo'nalishlar bo'yicha o'zaro o'yinlarda kuch sinashishdi.

Derbida bekobodliklar ustunlik qilishdi.

Juma kuni Bekoboddagi A.Anoxin nomli stadionda mazkur klublarning yoshlar tarkiblari kuch sinashishdi. Kuchli shamol ostida o'tgan o'yinda darvozalar dahlsizligi saqlab qolindi. SHunday bo'lsa-da, har ikkala jamoa murabbiylari o'z shogirdlarining hatti harakatlaridan qoniqish hosil qilganliklarini yashirishmadi.

SHanba kuni esa mazkur o'yingohda “Metallurg” hamda “Olmaliq” klublarining qizlar jamoalari o'rtasida nazorat uchrashuvi o'tkazildi. Mahorat borasida raqibalaridan ustun sanaluvchi bekobodliklar buni amalda ham isbotlashdi. O'yin “Metallurg-vumen”ning 3:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi. Mezbonlardan gollarning uchalasini ham jamoa to'purari Lyudmila Karachik kiritdi. O'z navbatida “Metallurg-vumen” tarkibini “Sevinch” jamoasining sobiq o'yinchilari Mahliyo Sarikova, Feruza Turdiboeva hamda Zumrad Nazarovalar bilan kuchaytirganligini aytib o'tish lozim. SHuningdek, jamoa eng tajribali o'yinchilaridan biri Nargiza Abdurasulova bilan xayrlashdi. Uning endilikda qaysi jamoada faoliyat olib borishi hozircha aniq emas. “Metallurg” futbol klubi rahbariyati va muxlislari nomidan Nargiza Abdurasulovaga jamoa muvaffaqiyatlariga qo'shgan katta hissasi uchun minnatdorchilik bildiramiz.



Endi “Olmaliq” va “Metallurg” jamoalarining asosiy tarkiblari o'rtasida bugun bo'lib o'tgan o'rtoqlik o'yini xususida. Mazkur nazorat uchrashuvi Olmaliq shahrida tashkil etildi va unda bekobodliklar 3:1 hisobida zafar quchishdi. Mehmonlardan gollarni Dilmurod Karimov va Islomjon Qobilov birinchi taymda hamda Alisher Ziyovuddinov ikkinchi taymda 11 metrlik nuqtadan kiritishdi. SHu o'rinda “Metallurg” ustozi Rustam Mirsodiqov mavsumga tayyorgarlik ko'rayotgan barcha o'yinchilarini sinab ko'rganligini aytib o'tish lozim. Birinchi taymda faoliyat yuritgan 11 nafar o'yinchiga ikkinchi taymda dam berildi va maydonga boshqa 11 nafar futbolchi tushirildi.

Bugungi o'yindan keyin murabbiylar shtabi futbolchilarga bir kunlik dam berishdi. Ertadan jamoa azolari CHirchiq shahrida to'planishadi va 1-tur o'yiniga tayyorgarlikni davom ettiradi. Eslatib o'tamiz, “Metallurg” yangi mavsumni o'z uyida oliy ligaga qaytgan Samarqandning “Dinamo” jamoasiga qarshi o'yin bilan boshlaydi.


"Metallurg" matbuot xizmati

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика