"Metallurg" va "Andijon"ning Turkiya safari qoldirildi
10 fev 2015 14:23
Yangiliklar


"Metallurg" va "Andijon"ning Turkiya safari qoldirildi
Ayni vaqtda kelib olingan xabarlarga ko'ra bekobodliklar ushbu xorijiy yig'inni tashkil etmadi. Ushbu yig'in o'rniga jamoa CHirchiqda mashg'ulotlarni davom ettiradi va Oliy liganing bir necha jamoalariga qarshi nazorat bahslarini o'tkazadi.
Xuddi shunday mavsum avvalida "Andijon" ham Turkiya yig'ini borasida malumot bergan edi. Ayni vaqtda kelib bu yig'in bekor qilindi va PFL kubogida ishtirok etmoqda.
Aytib o'tish kerakki, shu vaqtga qadar "SHo'rtan", "Navbahor", "Qo'qon-1912" ham xorij yig'inini bekor qilgan edi.
"Mashal", "Dinamo", "So'g'diyona" jamoalari xorij yig'ini tashkil etish borasida aytib o'tmagan.
"Qizilqum", "Neftchi", "Olmaliq", "Buxoro" jamoalari esa tez kunda xorij yig'iniga jo'nab ketdi.
"Paxtakor", "Nasaf", "Bunyodkor", "Lokomotiv" bir necha marta xorij yig'inlarini tashkil etib kelmoqda.

Fikrlar